Mavzu: O'zbekistonni oziga hos taraqqiyot yo'lini tanlash zaruriyati Reja: 1.O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li taraqqiyotning o’zbek modeli 2. Bozor iqtisodiyotiga o`tishning o`zbek modeli 3. Bozor iqtisodiyotiga o`tishning tamoyillari 4. O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti 1.O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li taraqqiyotning o’zbek modeli - Davlatimiz mustaqillikga erishgandan so’ng , BMTga va boshqa xalqaro tashkilotlarga a’zo bo’lib kirish O’zbekistonga o’zining tashqi siyosatini mustaqil ravishda o’tqazish, jaxon xamjamiyatiga kirishning o’z yo’llarini ishlab chiqish, davlatlararo munosabatlarning yo’nalish-lari va ustuvorligini belgilash inkonini berdi. O’zbekistonning milliy manfaatlariga mos keladi-gan ko’p tomonlama faol tashqi siyosatni amalga oshirish – davlatning mustahkamligini mustahkamlash, iqtisodiy qiyinchiliklarni bartaraf etish va xalq turmushini yaxshilashning zarur sharti va g’oyat muxim vositadir. O’zbekiston Ruspublikasi uchun mustaqil tashqi siyosat yuritish – davlat faoliyatining yangi va amalda qo’llanilmagan yo’nalishlardan biridir. Quyidagi asosiy prinsiplar O’zbekistonning tashqi siyosatiga, uni amalga oshirish yo’llarini belgilashga negiz qilib olingan.
Bozor iqtisodiyotiga o`tishning o`zbek modeli - Birinchisi. O’zining milliy – davlat manfaatlari ustun bo’gan xolda o’zaro manfaatlarni xar tomonlama xisobga olish.
- Ikkinchisi. Respublika odamlar va davlatlar o’rtasidaga o’zaro munosabatlarda umumba-shariy qadriyatlarni ustun qilib qo’yib, xalqaro maydonga tinchlik va xafsizlikni mustahkamlash uchun kurashadi.
- Uchinchisi. Respublikaning tashqi siyosati teng xuquq va o’zaro manfaatdorlik, boshqa mamlakatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalriga rioya qiladi.
- To’rtinchisi. Mafkuraviy qarashlardan qatiy nazar tashqi siyosatda ochiq – oydinlik prin--siplarini ro’ypobga chiqarishga va barcha tinchliksevar davlatlar bilan keng tashqi aloqalrni o’r-natishga intiladi.
- Beshinchishi. O’zining milliy – xuquqiy tizimini vujudga keltirayotgan yosh mustaqil O’z-bekiston ichki milliy qonunlaridan xalqaro xuquq normalarining ustuvorligini tan oladi.
- Olitinchisi. O’zbekiston to’la ishonch prinsiplari asosida xam ichki tomonlama, xam ko’p tomonlama tashqi aloqalarni o’rnatish va rivojlantirish uchun xalqaro tashkilotlar doirasida xamkorlikni chuqurlashtirish uchun xarakat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |