Bozor Iqtisodiyotiga utish davri
Download 108 Kb.
|
1 2
Bog'liqBozor Iqtisodiyotiga utish davri
birinchidan, kichik va o’rta biznes korxonalari asosan muayyan hududlardagi mavjud ehtiyojlar e’tiborga olingan holda, turli xil talablarni qondirish uchun tashkil etiladi, iste’molchilar ham o’z ehtiyojlarini qondirish uchun birinchi galda eng yaqin ishlab chiqaruvchilar bilan munosabat o’rnatishga intiladilar;
ikkinchidan, bu kabi korxonalarning tashkil etilishida mahalliy xomashyo va tabiiy resurslardan foydalanish imkoniyatlari hisobga olinadi; uchinchidan, kichik korxonalar mahalliy sharoitlarga moslashuvchanligi ya’ni, birinchi navbatda o’z xaridorlari ehtiyojlarini e’tiborga olishi va, avvalo, mahalliy bozorga yo’naltirilganligi bilan ajralib turadi. O’zbekistonda mehnatga qobiliyatli aholining 70 foizidan ko’proq qismi qishloq joylarida yashashini e’tiborga olsak, shu joylarda xususiy tadbirkorlik, kichik va o’rta biznes sohalarining rivojlantirilishi ayniqsa katta samaradorlik berishi tabiiy bir holdir. Kichik va o’rta biznes qishloq joylarida quyidagi yo’nalishlarda rivojlanishi mumkin: -qishloqda yetishtirilayotgan mahsulotlar sifatini uzoq vaqt buzilishdan saqlab turadigan sovutgich omborxonalar, meva va sabzavotlarni qayta ishlovchi kichik tsexlar tashkil etish; -ulardan turli xil sharbatlar ishlab chiqarish; -sut va sut mahsulotlarini qayta ishlash; -oziq-ovqat, qandolatchilik va makaron mahsulotlari tayyorlash; -trikotaj-tikuvchilik buyumlarini ishlab chiqarish; -aholi ehtiyojlari uchun kir yuvish vositalari tayyorlashni yo’lga qo’yish; -milliy-badiiy, uy-ro’zg’or buyumlari tayyorlash; -qurilish materiallari ishlab chiqarish; -kichik qurilish va ta’mirlash ishlarini tashkil etish; -kichik tibbiy xizmatlarni yo’lga qo’yish va hokazo. O’tgan yillarda to’plangan tajriba shundan dalolat bermoqdaki, kichik va o’rta biznesning yanada rivojlanishi va mamlakat iqtisodiyotida o’zining munosib o’rnini topishi uchun, avvalambor, davlat idoralari, mutasaddi rahbar tashkilotlar, qolaversa, barcha jamiyat a’zolarining unga bo’lgan munosabatini tubdan o’zgartirish talab qilinadi. Yuridik shaxs sifatida davlat ro’yxatidan o’tgan kichik va o’rta biznes sub’ektlarining 80-85 foizigina faoliyat ko’rsatayotgani, qolganlari esa turli sabablarga ko’ra faoliyat ko’rsata olmayotgani yoki o’z faoliyatini to’xtatib qo’yayotgani yuqoridagi fikrimizning dalili hisoblanadi. Bozor iqtisodiyotining eng muhim o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, u jamiyat a’zolarining aqliy va jismoniy qobiliyatlarini to’la namoyon bo’lishi va shu tufayli ularning turmush farovonligini tobora oshira borish uchun zarur bo’lgan shart-sharoitlarni yaratib beradi. Bu tizimning insonparvarlik jihati, ayniqsa, ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan mamlakatlarda to’laroq namoyon bo’ladi. Bozor iqtisodiyoti, birinchidan, mamlakatning yuksak iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlash orqali aholining turmush farovonligini muttasil yuksaltira borish imkoniyatini yaratsa, ikkinchidan, aholining ko’pchilik qismini mulk egasiga aylantiradi. Natijada aholi daromadlarini uzluksiz ortib borishi uchun mustahkam zamin yaratiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida hamma daromadlar pul shaklida ifodalanadi va ishlab chiqarish omillari bahosi bilan uzviy aloqada bo’ladi. Ushbu baholarga talab va taklifning nisbati, raqobat va monopoliya, albatta, ta’sir ko’rsatadi. Daromadlar ma’lum vaqt mobaynida olingan va shaxsiy iste’mol uchun tovar va xizmatlar sotib olishga mo’ljallangan pul mablag’lari summasidir. Aholining yashash darajasi uning daromadlari miqdoriga bevosita bog’liqdir. Chunki bozor iqtisodiyoti sharoitida iste’mol ne’matlari va xizmatlarining asosiy qismi tovar sifatida sotiladi. Insonning daromadlari qancha yuqori bo’lsa, u o’z ehtiyojlarini Download 108 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling