Bozor iqtisodiyotini tartibga solishda davlatning iqtisodiy roli


a) iqtisodiyotning ayrim bo‘g‘inlari — transport, aloqa, atom va elektr energetikasi, kommunal xizmat hamda boshqa sohalami bevosita boshqarish


Download 54.08 Kb.
bet5/8
Sana12.11.2023
Hajmi54.08 Kb.
#1767743
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
DAVLATNING IJTIMOIY SIYOSATI (2)

a) iqtisodiyotning ayrim bo‘g‘inlari — transport, aloqa, atom va elektr energetikasi, kommunal xizmat hamda boshqa sohalami bevosita boshqarish. Bunda davlat mulk sohibi va tadbirkor sifatida o ‘ziga qarashli korxona va tashkilotlar iqtisodiy hayotida faol qatnashadi. Davlat tadbirkorligi, ma’lum doirada amal qilib, ko‘pincha texnologiya sharoiti xususiy kapital uchun qulay bo’lmagan korxonalar doirasi bilan cheklanadi. Davlat tadbirkorligi bir tomondan, ma’lum sharoitlarda iqtisodiy o ‘sish uchun zarur bo’lsa, ikkinchi tomondan, vaqt o ‘tishi bilan samarasiz bo’lib qolishi ham mumkin.
b) narxlar va ish haqini «muzlatib» qo‘yish siyosati. Bu iqtisodiyotga aralashishning antiinflyasion tadbirlari hisoblanib, inflyatsiyani yumshatishga qaratiladi. Mazkur siyosatni yuritishda narxlar va ish haqini oshirish qorftin bilan taqiqlanadi yoki ma’lum doira bilan cheklanadi. Antiinflyasion tadbirlar orqali inflyatsiya darajasining pasayishi investitsiyalarga rag'bat beradi;
v) ish bilan bandlik xizmati faoliyati (mehnat biijalari)ni tashkil qilish. Davlat bu faoliyatni tashkil qilish bilan ishsizlikni qisqartirish choralarini ko'radi. Ularni zarur kasblarga qayta tayyorlaydi, ish bilan ta’minlanmaganlarga nafaqa beradi, muhtojlarga yordam ko'rsatadi; g) iqtisodiy sohani tartibga solishni ko‘zda tutuvchi qonunlami ishlab chiqish va qabul qilish (monopoliyaga qarshi qonunchilik, tadbirkorlik to'g'risidagi, bank sohalari, qimmatli qog'ozlar bozorining faoliyatini tartibga solishni ko'zda tutuvchi qonunlar).
Pul-kredit siyosatining asosiy vositalari quyidagilardan
iborat bo'ladi:
— hisob stavkasini tartibga solish;
— moliya-kredit muassasalarining Markaziy bankdagi zaxiralari minimal hajmini o ‘rnatish va o‘zgartirish;
—davlat muassasalarining qimmatli qog'ozlar bozoridagi operasiyalari (davlat majburiyatlarini chiqarish, ularni sotish va to'lash).
Davlat bu dastaklar yordamida moliya bozorida talab va taklif nisbatini kutilgan yo'nalishda o'zgartirishga harakat qiladi. Jumladan, ssudaga beriladigan pul miqdorini o'zgartirish uchun foiz stavkasi vositasidan foydalanadi. Davlat kreditga bo'lgan talab va taklifni markaziy bank orqali quyidagi yo'llar bilan o'zgartiradi.

Download 54.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling