Bozor ishtirokchilarining o’zaro kelishuvlar bo’yicha xatti harakatlari normasi
Iqtisodiyot faoliyat yurtishining normalar tizimining shakllanishi
Download 32.78 Kb.
|
Instituonal55555555555555555
1. Iqtisodiyot faoliyat yurtishining normalar tizimining shakllanishi
Normalar individlarning o’zaro muvofiq munosabatlari Barqarorliginin asosiy kafolati hisoblanadi. Individ tomonlarharakatlarini tushunish va o’z harakatini ular bilanmuvofiqlashtirish uchun biror-bir normani tanlash barobarida umuman tizimning barqarorligini ta’minlaydi. Individ normadan chetga chiqsa, uni normaga qaytaruvchi tartibga solish mexanizmining mavjudligi normalar tizimini shakllantiradi. Shuningdek, normalar tizimi makro va mikrodarajalar o’rtasidagi asosiy bog’lovchi bo’g’inga aylanadi. Individlarning iqtisodiy faoliyat yuritishini ta’minlovchi normalar tizimiga iqtisodiѐtning asosiy qonuni (konstitusiyasi) deyiladi. Buyruqbozlik va bozor iqtisodiѐti tizimlarida o’zaro zid normalarga amal qiladi. Masalan, bozor tizimi faqat individlar kundalik iqtisodiy faoliyatida u asoslanadigan normalardan foydalangan darajaga ko’ra barqaror va takror ishlab chiqarishga qodir bo’ladi. Shaxsiy manfaatlarini ko’zlovchi individlar o’rtasidagi bitimlardan makroiqtisodiy darajaga o’tish bozor xatti-harakatlari normalari orqali amalga oshiriladi.Buyruqbozlik iqtisodiѐtining normalar tizimi surunkali taqchillik, ya’ni resurslarning yetishmasligini o’zida namoѐn etadi. Taqchillikning ma’lum darajada barqarorlashuvi hamda iqtisodiy agentlar ushbu darajaga moslashuvi tizimda normal taqchillik holatini yuzaga keltiradi. Bunda buyruqbozlik iqtisodiѐtiga xos navbatning kattaligi resurslar va tayѐr mahsulotlarning normal zaxiralari va hokazolar tushuniladi. Boshqacha aytganda, nafaqat Val’ras bo’yicha umumiy muvozanat iqtisodiy tizimning barqaror holati bilan cheklanadi, balki tizim hatto muvozanatsiz holatda ham barqarorlashishi mumkinligi namoѐn bo’ladi. Umuman, buyruqbozlik va bozor tizimlarida qo’llaniladigan normalarning tarkibiy tuzilishini quyidagi jadvalda ko’rish mumkin. Quyida ushbu normalarning iqtisodiѐtda namoѐn bo’lishi ko’rib chiqilgan. Download 32.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling