Bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish sharoitida ishchi kuchi resurslarining ish bilan bandligini ta’minlash muammolari dolzarb ahamiyat kasb etadi


Download 168.46 Kb.
bet1/10
Sana16.06.2023
Hajmi168.46 Kb.
#1511919
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ishsizlik, uning turlari. Kurs ishi


Kirish
Bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish sharoitida ishchi kuchi resurslarining ish bilan bandligini ta’minlash muammolari dolzarb ahamiyat kasb etadi. Chunki ishchi kuchi resurslaridan samarali foydalanish orqaligina ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga erishish va aholi farovonligini ta’minlash mumkin. Ishsizlik va u bilan bog‘liq muammolar mehnat bozoridagi ijtimoiy mehnat munosabatlarining asosiy mazmunini tashkil qiladi. Ishsizlik muammosini o‘rganishdan asosiy maqsad aholining ish bilan bandligini yaxshilash orqali mamlakat ishlab chiqarishini kengaytirish va aholi turmuig darajasini yanada yaxshilashga aloqador tadbirlar ishlab chiqishdan iborat. Jamiyatdagi ishsizlik darajasini pasaytirish uchun qo‘shimcha ishchi o‘rinlarini yaratish, ularni ishga tushirish aholining tabiiy o‘sishidan orqada qolmasligi kerak.
Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar Strategiyasining 4.1-bandi Aholining bandligi va real daromadlarini bosqichma-bosqich oshirish deb nomlanib, unda “yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda aholining, eng avvalo, o‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilarining oqilona bandligini ta’minlash, mehnat bozori infrastrukturasining mutanosibligi va rivojlanishini ta’minlash, ishsizlik darajasini qiqartirish”1 lozimligi to‘g‘risida alohida to‘xtalib o‘tgan. Shunga ko‘ra, bandlik va ishsizlik, ularning turlari va darajasini tadqiq etishga qaratilgan mazkur kursishi mavzusi o‘ta dolzarb hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev mamlakatimizni 2019-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2020-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida “Yurtimizda yiliga 3.2 million odamni ishga joylashtirishga ehtiyoj bo‘lsa-da, o‘tgan yili Bandlikka ko‘maklashish markazlari atigi 320 ming kishini yoki 16,5 foizini ishga joylashtirgan.
Buning asosiy sabablari ish faoliyatidagi eskirgan shakl va usullar hamda bandlik muammolarini hal etishdagi rasmiyatchilik bilan bog‘liq”2, deb ta’kidlab o‘tdi. Shuning uchun, O‘zbekistonda yangi ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tasvirlar ishlab chiqish mavzuning dolzarbligini ko‘rsatadi.
Ushbu kurs ishida ishchi kuchi bandligi to‘g‘risidagi turli xil nazariyalar sharhi, ishsizlikning mohiyati, turlari va uning darajasini aniqlab, O‘zbekistonda ishchi kuchi bozorining hozirgi holati tahlili, O‘zbekistonda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va bandlikni ta’minlash maqsadli dasturlarini amalga oshirishning hozirgi holati tahlili, O‘zbekistonda ishchi kuchi bandligini ta’minlash va ishsizlarni ijtimoiy himoyalash borasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, O‘zbekistonda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va ishchi kuchi bandligini ta’minlashning asosiy yo‘nalishlari hamda istiqbollari yoritilib beriladi.


Download 168.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling