Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti “Korporativ boshqaruv” kafedrasi Guruh: 13-21


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/19
Sana23.03.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1289562
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Mavzu Bandlik va ishsizlik, ularning darajalari va turlari




TOSHKENT TO’QIMACHILIK VA YENGIL 
SANOAT INSTITUTI
 
“Korporativ boshqaruv” kafedrasi
 
Guruh: 
13-21 
KURS ISHI
MAVZU: Bandlik va ishsizlik
ularning darajalari va turlari 
Tayyorladi: 
Maxsudova Sojida 
Qabul qiluvchi: 
Mansurov Mansur 
Toshkent 2021-2022
 



MUNDARIJA
KIRISH
………………………….……………………………………………......................................
I BOB. AHOLINING ISH BILAN BANDLIGI VA ISHSIZLIKNING
KELIB CHIQISHI
…………………………………………………………...................................
1.1.
Ishchi kuchi bandligi to‘g‘risidagi turli xil nazariyalar va ularning sharhi …......
1.2. Ishsizlikning mohiyati, turlari va uning darajasini aniqlash
…........…........…......
II BOB. O
’ZBEKISTONDA ISHSIZLIK KO’RSATKICHLARI VA ISHCHI 
KUCHI BOZORINING HOZIRGI HOLATI TAHLILI
………………................
2.1.
O‘zbekistonda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va bandlikni ta’minlash maqsadli 
dasturlarini amalga oshirishning hozirgi holati tahlili 
……………………………...................
2.2. O‘zbekistonda ishchi kuchi bandligini ta’minlash va ishsizlarni ijtimoiy 
himoyalash borasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari……....................... 
2.3. O‘zbekistonda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va ishchi kuchi bandligini 
ta’minlashning asosiy yo‘nalishlari hamda istiqbollari……....................................
XULOSA
……………………………………………….........................................................
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI………………………...............................



KIRISH 
Bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish sharoitida ishchi kuchi 
resurslarining ish bilan bandligini ta’minlash muammolari dolzarb ahamiyat kasb 
etadi. CHunki ishchi kuchi resurslaridan samarali foydalanish orqaligina ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiyotga erishish va aholi farovonligini ta’minlash mumkin. Birinchi 
Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, ishlashni xohlovchilarning hammasini 
ish bilan ta’minlabgina qolmasdan, eng maqbul, ijtimoiy yo‘naltirilgan ish bilan 
bandlikni vujudga keltirish uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida mukammal 
ishchi kuchi bozorini shakllantirish, ishga joylashishga muhtoj bo‘lgan shaxslarni 
to‘la hisobga olish g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi. 
Mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoev 2017-2021 yillarda O‘zbekiston 
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar 
Strategiyasining 4.1-bandi Aholining bandligi va real daromadlarini bosqichma-
bosqich oshirish deb nomlanib, unda “yangi ish o‘rinlari yaratish hamda aholining, 
eng avvalo, o‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilarining oqilona bandligini 
ta’minlash, mehnat bozori infrastrukturasining mutanosibligi va rivojlanishini 
ta’minlash, ishsizlik darajasini qisqartirish” lozimligi to‘g‘risida alohida to‘xtalib 
o‘tgan. Shunga ko‘ra, Bandlik va ishsizlik, ularning turlari va darajasini tadqiq 
etishga qaratilgan mazkur kurs ishi mavzusi o‘ta dolzarb hisoblanadi. 
O‘zbekiston Respublikasini Prezidenti Sh.M.Mirziyoev Mamlakatimizni 
2019 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2020 yilga 
mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga 
bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida 
“Yurtimizda yiliga 3.2 million odamni ishga joylashtirishga ehtiyoj bo‘lsa-da, 
o‘tgan yili Bandlikka ko‘maklashish markazlari atigi 320 ming kishini yoki 16,5 
foizini ishga joylashtirgan. Buning asosiy sabablari ish faoliyatidagi eskirgan shakl 
va usullar hamda bandlik muammolarini hal etishdagi rasmiyatchilik bilan bog‘liq.”
deb ta’kidlab o‘tdi. 



Shuning uchun, O‘zbekistonda yangi ish o‘rinlari tashkil etish va aholi 
bandligini ta’minlashga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish 
mavzuning dolzarbligini ko‘rsatadi. 
Ushbu kurs ishida ishchi kuchi bandligi to‘g‘risidagi turli xil nazariyalar 
sharhi, ishsizlikning mohiyati, turlari va uning darajasini aniqlash, O‘zbekistonda 
ishchi kuchi bozorining hozirgi holati tahlili,O‘zbekistonda yangi ish o‘rinlarini 
tashkil etish va bandlikni ta’minlash maqsadli dasturlarini amalga oshirishning 
hozirgi holati tahlili, O‘zbekistonda ishchi kuchi bandligini ta’minlash va ishsizlarni 
ijtimoiy himoyalash borasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, 
O‘zbekistonda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va ishchi kuchi bandligini 
ta’minlashning asosiy yo‘nalishlari hamda istiqbollari yoritilib beriladi. 




Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling