Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti “Korporativ boshqaruv” kafedrasi Guruh: 13-21


Ishsizlik darajasi ishsizlar sonining ishchi kuchi tarkibidagi foizi sifatida


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/19
Sana23.03.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1289562
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Mavzu Bandlik va ishsizlik, ularning darajalari va turlari

Ishsizlik darajasi ishsizlar sonining ishchi kuchi tarkibidagi foizi sifatida 
hisoblanadi. 
%.
100

=
сони
кучи
Ишчи
сони
Ишсизлар
даражаси
Ишсизлик
Ishsizlik darajasini baholash bilan birga uning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini ham 
hisobga olish zarur bo‘ladi. CHunki ishsizlikning o‘zi haddan tashqari yuqori darajasi 
bilan katta iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlarni keltirib chiqaradi. 
Ishsizlikning iqtisodiy oqibatlari uning ta’sirida ishlab chiqarilmay qolgan 
mahsulot hajmi orqali baholanadi. Iqtisodiyot barcha ishlashni xohlagan va ishlay 
oladiganlar uchun etarli miqdorda ish joylarini yaratish holatiga ega bo‘lmasa 
mahsulot ishlab chiqarish potensial imkoniyatining bir qismi yo‘qotiladi. Iqtisodiy 
adabiyotlarda bu yo‘qotish yalpi ichki mahsulot (YAIM) hajmining orqada qolishi 
sifatida aniqlanadi hamda u haqiqiy YAIMning potensial YAIMdan kam bo‘lgan 
hajmi sifatida ko‘rinadi. Ishsizlik darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, YAIM hajmining 
orqada qolishi shunchalik katta bo‘ladi.
Makroiqtisodiyot sohasidagi taniqli tadqiqotchi A.Ouken ishsizlik darajasi va 
YAIM hajmining orqada qolishi o‘rtasidagi nisbatini matematik ifodalab beradi. Bu 
nisbat iqtisodchilar orasida Ouken qonuni sifatida tanilgan bo‘lib, agar ishsizlikning 
haqiqiy darajasi uning tabiiy darajasidan bir foizga ortiq bo‘lsa, YAIM hajmining 
orqada qolishi 2,5% ni tashkil qilishini ko‘rsatadi.
Ayrim hollarda milliy mahsulotning haqiqiy hajmi potensial hajmidan ortib 
ketishi ham mumkin. Bunday hol ishsizlik darajasi tabiiy darajadan ham past 
bo‘lgan davrlarda ro‘y beradi. Ishlab chiqarishga ishchilarning qo‘shimcha 
smenalarini jalb qilish, kapital uskunalardan belgilangan me’yordan ortiqcha 
darajada foydalanish, ish vaqtidan keyin qo‘shimcha ishlash va o‘rindosh ishlarda 
band bo‘lish kabilar buning asosiy sabablaridir.


12 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling