Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti “Korporativ boshqaruv” kafedrasi Guruh: 13-21
bo‘lsa, iqtisodiyot me’yorida rivojlanayotgan hisoblanadi
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Mavzu Bandlik va ishsizlik, ularning darajalari va turlari
bo‘lsa, iqtisodiyot me’yorida rivojlanayotgan hisoblanadi.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, respublikada iqtisodiy faol aholining 95 foizini ish bilan bandlar tashkil etadi (2- jadval). 2-jadval O‘zbekiston Respublikasida ish bilan band aholi soni va tarkibining o‘zgarishi, ming kishi 6 T/r Ko‘rsatkichlar 2018 yil 2019 yil 2019yilda 2018yilga nisbatan (+,-) (%) 1 Jami ish bilan bandlar 12818,4 13058,3 239,9 101,9 SHu jumladan: 1.1. Iqtisodiyotning rasmiy sektorida ish bilan bandlar soni 7755,7 7849,2 93,5 101,2 SHundan: 1.1.1.
soni (yirik biznesda) 2419,8 2431,6 11,8 100,5 1.1.2. Kichik korxonalar va fermer xo‘jaliklarida ish bilan bandlar soni 2228,7 2229,5 0,8 100,0 1.1.3. YUridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxs sifatida rasman ro‘yxatga olingan fuqarolar soni 844,2 871,1 26,9 103,2 1.1.4. Dehqon xo‘jaliklarida ish bilan bandlar soni 1815,2 1869,2 54,0 103,0 1.1.5. Boshqa tashkilot va muassasalarda ish bilan bandlar soni 447,8 447,8 0,0 100,0 1.2. Iqtisodiyotning norasmiy sektorida ish bilan bandlar soni 3989,1 4207,8 218,7 105,5 shundan: 1.2.1.
ishlarni bajaruvchilar soni 1572,4 1656,8 84,4 105,4 1.2.2. Mehnat munosabatlarini rasmiylashtirmasdan oila boshliqlariga ularning tadbirkorlik faoliyatida yordam beruvchi oila a’zolari 991,2 1081,3 90,1 109,1 1.2.3. Ro‘yxatdan o‘tmasdan va tegishli ruxsatsiz faoliyat olib boruvchi tadbirkorlar 1425,5 1469,7 44,2 103,1 6 Jadval O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi ma’lumotlari asosida tuzilgan. 16 2-jadvaldan ko‘rinib turibdiki, 2018-2019 yillar davomida ish bilan band aholi soni 93,5 ming kishiga yoki 1,2 foizga ortgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 27 maydagi “Ishga joylashtirishga muhtoj mehnat bilan band bo‘lmagan aholini hisobga olish metodikasini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 106-sonli qaroriga asosan ish bilan bandlar quyidagi turlarga bo‘linadi: − iqtisodiyotning rasmiy sektorida ish bilan bandlar; − iqtisodiyotning norasmiy sektorida ish bilan bandlar; − respublikadan tashqariga ishlash maqsadida ketgan fuqarolar. Tahlil qilinayotgan davrda iqtisodiyotning rasmiy sektorida ish bilan bandlar soni 1,2 foizga ortgan. Rasmiy sektorida ish bilan bandlar tarkibi quyidagilardan tarkib topgan: − iqtisodiyot tarmoqlarida ish bilan bandlar (yirik biznesda); − kichik korxonalar va fermer xo‘jaliklarida ish bilan bandlar; − yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxs sifatida rasman ro‘yxatga olingan fuqarolar; − dehqon xo‘jaliklarida ish bilan bandlar; − boshqa tashkilot va muassasalarda ish bilan bandlar. Bu davrda (2018-2019 yillar) iqtisodiyot tarmoqlarida ish bilan bandlar (yirik biznesda) soni – 0,5 foizga, yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxs sifatida rasman ro‘yxatga olingan fuqarolar – 3,2 foizga, dehqon xo‘jaliklarida ish bilan bandlar soni – 3,0 foizga ko‘paygan, kichik korxonalar va fermer xo‘jaliklarida ish bilan bandlar soni esa o‘zgarishsiz qolgan. Tadbirkorlik sohasida ish bilan bandlar sonining ortishi mamlakatimizda olib borilayotgan oqilona islohotlar bilan bog‘liq. 2015 yil 1 yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 13 fevraldagi “Mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan yagona ijtimoiy to‘lovni hisoblash 17 va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi 26-sonli qaroriga 7 asosan mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona ijtimoiy to‘lovni hisoblash tartibi va to‘lash tartibi o‘zgardi. YAngi tartibga muvofiq 2015 yil 1 yanvardan boshlab mikrofirmalar va kichik korxonalar, shuningdek fermer xo‘jaliklari uchun yagona ijtimoiy to‘lovning 2014 yilda amal qilgan 25 foiz o‘rniga, mehnatga haq to‘lash jamg‘armasining 15 foiziga teng bo‘lgan stavkasi belgilandi. 2015 yilning 1 iyulidan yakka tartibdagi tadbirkorlarga, faoliyatidan kelib chiqqan holda, har bir yollangan ishchi uchun byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida sug‘urta badali va yakka tartibdagi ish beruvchi tadbirkor uchun belgilangan soliq stavkasining 30 foizi miqdorida soliq to‘lash sharti bilan bir nafardan uch nafargacha ishchini yollash huquqi berildi 8 . YAna jadval ma’lumotlarining tahlili respublikada iqtisodiyotning norasmiy sektorida ish bilan band aholi sonining 2018 yildagi 6542.1 ming kishidan 2019 yilda 8036.2 ming kishiga ortganligini ko‘rsatdi. Odatda iqtisodiyotning norasmiy sektorida ish bilan band aholining tarkibi quyidagilarga bo‘linadi: − nomuayyan, bir martalik va mavsumiy ishlarni bajaruvchilar; − mehnat munosabatlarini rasmiylashtirmasdan oila boshliqlariga ularning tadbirkorlik faoliyatida yordam beruvchi oila a’zolari; − ro‘yxatdan o‘tmasdan va tegishli ruxsatsiz faoliyat olib boruvchi tadbirkorlar. Tahlillarga ko‘ra, so‘nggi yillarda respublikada nomuayyan, bir martalik va mavsumiy ishlarni bajaruvchilar soni – 5,4, mehnat munosabatlarini rasmiylashtirmasdan oila boshliqlariga ularning tadbirkorlik faoliyatida yordam beruvchi oila a’zolari soni – 9,1 foizga, ro‘yxatdan o‘tmasdan va tegishli ruxsatsiz faoliyat olib boruvchi tadbirkorlar soni esa 3,1 foizga ortgan. 7 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 13 fevraldagi “Mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan yagona ijtimoiy to‘lovni hisoblash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi 26-sonli qarori // www.lex.uz/ 8 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 15 maydagi “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi 4725-sonli Farmoni // www. lex.uz. 18 Respublikada aholini bir martalik ishga jalb qilish ishlari yildan-yilga takomillashib bormoqda. Bu faoliyatning mohiyati shundaki, o‘z mehnat layoqatini qisqa muddatli (to‘liq bir ish kunida yoki to‘liqsiz bir ish kunida, ikki yoki undan ortiq, lekin bir oydan kam ish kunida) sotish istagida bo‘lgan fuqarolarga mehnat muassasalari ish beruvchi va yollanma ishchini bir-biri bilan uchrashtirish va kelishib olishlariga ko‘maklashmoqda. Bunday tadbirlar aholi gavjum bo‘lgan va ilgaridan norasmiy tarzda mehnat layoqati savdosi amalga oshirilgan joylarda tashkil qilinmoqda. Ishchi kuchi bozoridagi talab va taklif miqdori, aholi turmush darajasi, mamlakatdagi bir qator makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning holati ish bilan bandlikdagi vaziyatga chambarchas bog‘liq. Birgina ish haqi darajasining o‘zi ishchi kuchi bozoridagi talab va taklif, aholi daromadlari, mamlakat iqtisodiy holatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha ishchi kuchi bozoridagi vaziyat qulay bo‘lib, Bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlariga ish so‘rab murojaat qilganlarning aksariyat qismi ishga joylashtirilgan (3-jadval). 3-jadvaldan ko‘rinadiki, 2019 yilda Bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish (tuman, shahar) markazlariga ish so‘rab murojaat qilganlar soni 3,0 mln.kishini tashkil etgan, shundan markazlar tomonidan 2,84 mln kishi yoki 94,6 foizi ishga joylashtirilgan. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling