Ishsizlikning ijtimoiy oqibatlari ham mamlakat iqtisodiyotiga sezilarli ta’sir
o‘tkazishi mumkin. Jumladan, ishsizlikning ba’zi turlarining uzoq muddatli tavsifi
ishchilarning o‘z malakalarini yo‘qotishlari hamda daromad va ijtimoiy mavqei
jihatidan aholining nisbatan past toifasiga o‘tib qolishiga olib keladi. Bu esa ularda
o‘z turmush tarzidan qoniqmaslik, ijtimoiy faollikning yo‘qolishi, atrofdagilarga
nisbatan loqaydlikning paydo bo‘lishi kabi holatlarni keltirib chiqaradi. Natijada
uzoq davom etgan surunkali ishsizlik millatning ruhiy sog‘lomligiga putur etkazadi.
Ishsizlik o‘sishining muqarrar oqibati bo‘lib mamlakatdagi jinoyatchilikning o‘sishi
va ijtimoiy keskinlik darajasining kuchayishi hisoblanadi. SHunga ko‘ra,
mamlakatdagi ishchi kuchi bandligini ta’minlash va ishsizlarni ijtimoiy himoyalash
davlat iqtisodiy siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
3. O‘zbekistonda ishchi kuchi bozorining hozirgi holati tahlili
O‘zbekistonda aholining 60 foizga yaqinini ishchi kuchi resurslari tashkil
etadi. Ishchi kuchi resurslari jismoniy va aqliy qobiliyatga ega bo‘lib, mehnat
jarayonida moddiy ne’matlar va xizmatlarni yaratadilar. Ishchi kuchi resurslari
tarkibiga kiritilgan ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirok etmayotgan nofaol aholi esa
mehnat zahiralarini tashkil etadi. CHunki vaqti kelib ular ham iqtisodiy faol aholi
tarkibiga qo‘shilishlari mumkin.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi ma’lumotlariga
qaraganda, bugungi kunda respublikada ishchi kuchi resurslari soni (2019 yil)
19
007,8
ming kishini tashkil etadi (1-jadval).
1-jadval
O‘zbekiston Respublikasida ishchi kuchi resurslarining iqtisodiy faol va
nofaol aholiga taqsimlanishi, ming kishi
2
2
Jadval O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi ma’lumotlari asosida tuzilgan.
13
Do'stlaringiz bilan baham: |