18-Mavzu. Aholi daromadlari va davlatning ijtimoiy siyosati
Download 0.61 Mb.
|
Iqt. nazar 18-Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Aholi daromadlari, ularning turlari va manbalari
- Nominal daromad
18-Mavzu. Aholi daromadlari va davlatning ijtimoiy siyosati Reja: Aholi daromadlari, ularning turlari va manbalari Aholi turmush darajasi va uning ko`rsatkichlari Ijtimoiy himoyaning shakllari va davlatning ijtimoiy siyosati Ish haqi, uning turlari va shakllari Mehnat munosabatlarining iqtisodiy mazmuni va kasaba uyushmalarining roli 1.Aholi daromadlari, ularning turlari va manbalari Yalpi ichki mahsulotning taqsimlanish va qayta taqsimlanishi natijasida aholi daromadlari shakllanadi. Aholi daromadlari ma`lum vaqt oralig’ida (masalan, bir yilda) ular tomonidan olingan pul va natural shakldagi tushumlar miqdorini anglatadi. Jamiyat a`zolari daromadlari darajasi ular turmush farovonligining muhim ko`rsatkichi hisoblanib, shu bilan birga alohida shaxslarning dam olishi, bilim olishi, sog’lig’ini saqlashi, eng zarur ehtiyojlarini qondirishi imkoniyatlarini belgilab beradi. Aholi daromadlari darajasiga bevosita ta`sir ko`rsatuvchi omillar orasida ish haqidan tashqari chakana narx dinamikasi, iste`mol bozorining tovarlar bilan to`yinganlik darajasi kabilar muhim o`rin tutadi. Aholi daromadlari pul va natural ko`rinishlarda bo`lishi mumkin. Aholi pul daromadlari ish haqi, tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromad, nafaqa, pensiya, stipendiya shaklidagi barcha pul tushumlarini, mulkdan foiz, dividend, renta shaklda olinadigan daromadlarni, qimmatli qog’ozlar, ko`chmas mulk, qishloq xo`jalik mahsulotlari, hunarmandchilik buyumlarini sotishdan va har xil xizmatlar ko`rsatishdan kelib tushadigan daromadlarni o`z ichiga oladi. Natural daromad mehnat haqi hisobiga olinadigan va uy xo`jaliklarining o`z iste`mollari uchun ishlab chiqargan mahsulotlaridan iborat bo`ladi. Aholi daromadlari darajasiga baho berish uchun nominal va real daromad tushunchalaridan foydalaniladi. Nominal daromad – aholi tomonidan ma`lum vaqt oralig’ida olingan daromadlarining pul ko`rinishidagi miqdori. Real daromad – aholining ixtiyorida bo`lgan daromadga sotib olish mumkin bo`lgan tovar va xizmatlar miqdori. Ya`ni, real daromad aholining ixtiyorida bo`lgan daromadning xarid quvvatini bildiradi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling