Bozor mexanizmi


Bozordagi talab. Talab qonuni


Download 112.05 Kb.
bet7/18
Sana01.11.2021
Hajmi112.05 Kb.
#169934
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bog'liq
Bozor Mexanizmi

2. Bozordagi talab. Talab qonuni

Bozor - xaridorlar va sotuvchilar o‘rtasidagi o‘ziga xos muno­sa­batlar tizimini tashkil etadi.

Bozor iqtisodiyoti xolatining asosiy tushunchalar bo‘lgan talab va taklif orqali aniqlanadi.

Bozordagi talab – bozordagi tovar yoki xizmatga bo‘lgan insonlarning ehtiyojini bilvosita ko‘rinishidir. Ehtiyoj biror bir narsaga erishish istagini ko‘zda tutadi.

Talabbu nafaqat istak, balki bozordagi narx bo‘yicha uni olish imkoniyatini bildiradi. Talab – tovar yoki xizmatga bo‘lgan to‘lov qobiliyatli ehtiyojdir.

Talab individual va bozor talabiga bo‘linadi.

Individual talab alohida shaxsning talabi, ularning jami, bozor tala­bini keltirib chiqaradi.

Bozor talabini amaliy tahlil qilish, bashoratlar uchun turli usullar­dan foydalaniladi. Aksariyat hollarda quyidagilardan foydalaniladi.

Xaridorlardan olinadigan so‘rov yoki intervyu. So‘rov – xaridor­larning xoxish–istaklarini, ularning moliyaviy imkoniyatlarini aniq­lash imkonini beradi. Biroq so‘rov jarayonidagi obyektiv qiyinchi­lik­lar tufayli aniq ma’lumotlar olish darajasi past.

Ekspert tahlilimutaxassislar, ekspertlar tomonidan manfaatdor kompaniyalar buyurtmasiga asosan tovarga bo‘lgan talabni, uning di­na­mikasini aniqlash uchun amalga oshiriladigan tahlil. Bu usul qim­mat usul hisoblanadi, lekin xatolar qilish saqlanib qolinadi.


Download 112.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling