Bozor mexanizmlarini joriy etish masalalari


An’anaviy iqtisodiy tizim


Download 20.59 Kb.
bet2/3
Sana25.02.2023
Hajmi20.59 Kb.
#1230784
1   2   3
Bog'liq
Bozor mexanizmlarini joriy etish masalalari maqola

An’anaviy iqtisodiy tizim – tabiiy, ya’ni qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga asoslanadi.
Alohida iqtisodiy subyektning faoliyat yo‘nalishi, uning ishlab chiqarish hajmi, u kishini qaysi ijtimoiy guruhga tegishli ekanligini belgilab beradi.
Asosiy iqtisodiy masalalar an’analarga asoslanib xal qilinadi. Za­mo­naviy jamiyatda an’ana va qadriyatlar faqat insonlarning shaxsiy hayotiga tegishlidir.
Bozor iqtisodiyoti tizimi - xususiy tadbirkorlik, tanlash erkinligi, raqobat muhitiga asoslanadi. Bozor iqtisodiyotida alohida subyekt­larning shaxsiy qiziqishlari inobatga olinadi. “Sof bozor iqtisodiyoti” – davlatning iqtisodiyotga aralashuvini, boshqaruvini to‘liq inkor etadi. Davlat faqat “o‘yin qoidalariga” rioya qilinishini nazorat qilib turadi. Bozordagi subyektlar faqatgina shaxsiy manfaatlari, foydalarini ko‘zda tutib, faoliyat olib boradilar.
Bozor mexanizmni joriy etishda barcha tarmoqda bozorni erkinlashtirib tadbirkorlikka ko’plab imkoniyatlar yaratib berish kerak. Chunki dunyo mamlakatlarini ham olib qarasak ham tadbirkorlikka erkinlik yaratish ortidan ko’plab imkoniyatlar yaratilib kelmoqda. Bozor iqtisodiyotini davlat koʻmagida rivojlantirish uchun asosiy tovar va xizmatlar ishlab chiqaruvchisi funksiyasidan bozorni rivojlantirishni ragʻbatlantiruvchi funksiyaga oʻtib, uning rolini oʻzgartirishni jadallashtirish, uning ulushini kamaytirish zarur. Iqtisodiyotda davlat kompaniyalari va ularning samaradorligini oshirish, korrupsiyaga qarshi kurashish va turli hokimiyat organlarining boshqaruv faoliyatini takomillashtirish, shuningdek, davlat funksiyalarini markazsizlashtirishni davom ettirish koʻzda tutilgan.
Mamlakatda xususiy sektor oʻsishini ragʻbatlantirish maqsadida yer, mehnat va moliyaviy resurslarni taqsimlash mexanizmlarini takomillashtirish, xususiy sektorda raqobatni rivojlantirishga qaratilgan huquqiy-meʼyoriy bazani takomillashtirish, samarali xizmat koʻrsatishni rivojlantirish zarur. Shuningdek, xususiy sektor korxonalarini qoʻllab-quvvatlash, qishloq xoʻjaligi bozorini isloh qilishni jadallashtirish, shu jumladan, ularning faoliyatiga davlat aralashuviga chek qoʻyish bosh maqsad qilib olingan. Va shu masalalrni ko’rsak davlat bozor mexanizmini ta’minlash uchun katta ishlar olib borilmoqda. Shunda aholini sifatli mahsulotlar va xizmat ko’rsatishlarni ko’rishimiz mumkin.

Xulosa.
Hozirgi kunimiz ertamizni o’ylab, yurtimiz haqida o’ylab qabul qilinayotgan farmonlar, qarorlar va qonunlar hamda olib borilayotgan keng ko’lamli islohotlar zamirida ham O’zbekiston yangi marralarni ko’zlayotgani va mamlakatimiz o’z taraqqiyotida yangi bosqichga qadam qoyganidan darak beradi, bu islohotlar o’z navbatida mamlakat aholisining farovonligi va turmush darajasini yanada ko’tarishga qaratilgandir. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev O’zbekiston Respublikasi qabul qilinganing 25 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimda ma’ruzasida ta’kidlanganidek,”... tadbirkorlik faoliyatining erkinligi, xususiy mulk daxilsizligini amalda taminlash bundan buyon ham davlat siyosatida ustuvor yo’nalish bo’lib qoldi…. Yana bir bor alohida ta’kidilab o’tmoqchiman :tadbirkor yo’liga to’siq bo’lishni davlat siyosatiga xiyonat, deb qabul qilish kerak”. Zero, Prezidentimiz Oliy Majlisga taqdim qilgan murojaatnomada qayd etilgaidek, “..xalqimiz ertaga emas uzoq kelajakda emas, aynan bugun o’z hayotida ijobiy o’zgarishlarni ko’rishni istaydi. Bizning mehnatkash, oqko’ngil, bag’rikeng xalqimiz bunga to’la haqlidir” Vatanimiz rivoji uchun barchamiz masul hisoblanib, uni istiqboli, farovon hayoti uchun iqtisodiyotini rivojlantiramiz2. Xalqimiz o’ziga to’q bo’lsa, uni kelajagi yanada yaxshilanib borad. Mamlakatimizning farovonligini yuksaltirish, turmush sharoitini yaxshilash - asosiy vazifamizdir, deb ta’kidlaydi yurtboshimiz. Iqtisodiy farovonlikka erishgan davlatdagina siyosiy yuksaklikka intilish mumkin. Iqtisodiyotni mustahkamlamay turib, jahon sahnasida rivojlangan davlatlarga siyosiy raqobatchi bo’lolmaydi. Hozirdagi vaqtda davlat o’z oldiga xalqning ijtimoiy turmush darajasini va oylik ish-haqini o’z vaqtida berib borishi bilan siyosiy mustahkamlikka erisha oladi.


Download 20.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling