Namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti arxivshunoslik yo
Download 394.62 Kb. Pdf ko'rish
|
ozbekistonda kuchli ijtimoiy kafolatlarni shakllantirish vazifalari va xususiyatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: O’zbekistonda kuchli ijtimoiy kafolatlarni shakllantirish vazifalari va xususiyatlari Kirish
- Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI IJTIMOIY-IQTISODIY FAKULTETI ARXIVSHUNOSLIK YO`NALISHI 4-KURS 405- GURUH TALABASI Mirzaabdullayeva Moxidaning O’zbekistonda kuchli ijtimoiy kafolatlarni shakllantirish vazifalari va xususiyatlari mavzuidagi KURS ISHI Ilmiy rahbar: B.Abbasov Namangan-2017 2 2 Mavzu: O’zbekistonda kuchli ijtimoiy kafolatlarni shakllantirish vazifalari va xususiyatlari Kirish 1. Ijtimoiy himoya qilish tushunchasi va uning asosiy yo’nalishlari 2. O’zbekiston Respublikasida aholini ijtimoiy himoya qilish tamoyillari 3. O’zbekistonda kuchli ijtimoiy kafolatlarni shakllantirish vazifalari va xususiyatlari 4. Kuchli ijtimoiy siyosat va aholi ijtimoiy faolligining ortishi Xulosa va takliflar Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati 3 3 K I R I S H Mavzuning dolzarbligi. Jamiyatni bosqichma-bosqich isloh qilib borish siyosiy tizimning turli sub’yektlari harakatida izchillik bo’lishini ta’minlash imkonini beradi. Davlat bosh islohotchi sifatida o’z vazifasidan foydalanar ekan, ijtimoiy manfaatlarni puxta o’ylab tabaqalashtirish hamda bosqichma-bosqich, uyg’un ro’yobga chiqarish maqsadida shakllantirilayotgan demokratik institutlar va fuqarolik jamiyati elementlari imkoniyatlarini oshirishga har jihatdan ko’mak bermoqda. XXI asr kishilik jamiyati tarixida rivojlangan axborot texnologiyalar asri sifatida kirib keldi. Bu yangi asr davlatlar, xalqlar va insonlar hayotida o’zining ulkan o’zgarishlari bilan juda muhim rol o’ynadi. Ma’lumki, biz zamonaviy telekommunikatsiya tizimi hamda texnologiyalarini yanada rivojlantirishga g’oyat muhim e’tibor qaratmoqdamiz 1 . Jumladan, bizning yurtimiz ham bu voqelikdan chetda qolmagan holda islohotlar jarayoniga jadallik bilan kirib bormoqda. Zero, bugun jamiyatimiz oldida turgan eng dolzarb masala « mamlakatimizni modernizatsiya qilish va erkinlashtirishni, siyosiy-huquqiy va iqtisodiy tizimni demokratik yangilashni, yurtimizda fuqarolik jamiyatini shakllantirishni davom ettirishdir» 2 . Bu jarayonda albatta ijtimoiylashuv instituti sifatida ijtimoiy siyosat hamda ijtimoiy himoyaning ham o’z o’rni bor. Ma’lumki, O’zbekiston 1991 yili o’z mustaqilligini qo’lga kiritganidan so’ng umrini o’tab bo’lgan mustabid, ma’muriy-buyruqbozlik, rejali-taqsimot tizimidan voz kechib, “o’zbek modeli” deb nom olgan o’z taraqqiyot yo’lini tanlab oldi. Biz ishlab chiqqan va bugungi kunda hayotga tatbiq etayotgan ushbu modelning ma’no-mazmuni davlat qurilishi va konstitutsiyaviy tuzumni tubdan o’zgartirish va yangilash, iqtisodiyotni mafkuradan xoli etish, uning siyosatdan ustunligini ta’minlash, davlatning bosh islohotchi vazifasini bajarishi, ya’ni 1 Karimov I. A. Barcha reja va dasturlarimiz vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi. Xalq so‘zi, 2011 yil, 22 yanvar. 2 Karimov I. A. O‘zbekiston respublikasi mustaqilligining 19 yilligiga ba-ishlangan tantanali marosimdagi nutqi. O‘zbekiston ovozi, 2010 yil, 1 sentyabr. 4 4 islohotlar tashabbuskori bo’lishi va ularni muvofiqlashtirib borishi, qonun ustuvorligini ta’minlash, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, islohotlarni bosqichma- bosqich va izchil olib borish tamoyillariga asoslanadigan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarni amalga oshirishdan iboratdir 3 . Haqiqatan ham, qariyb yigirma yillik mustaqil taraqqiyotimiz mobaynida O’zbekistonda yalpi ichki mahsulotning o’sishi 3,5 barobarni, aholi jon boshiga hisoblaganda esa 2,5 barobarni, aholining real daromadlari 3,8 barobarni tashkil etgani e’tiborga sazovordir. Ayniqsa, ijtimoiy-gumanitar sohada erishilgan marralar - aholini ijtimoiy himoya qilish uchun yo’naltirilgan davlat xarajatlarining 5 barobar ko’paygani, turmush darajasining sezilarli ravishda yaxshilangani va buning natijasida onalar o’limi 2 barobardan ko’proq, bolalar o’limi 3 barobar kamaygani, odamlarning o’rtacha umr ko’rishi 67 yoshdan 73 yoshga, jumladan, ayollarning o’rtacha umr ko’rishi 75 yoshga yetganini mamnuniyat bilan takidlasak arziydi, deb o’ylaymiz 4 . Download 394.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling