Namangan davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti arxivshunoslik yo
Download 394.62 Kb. Pdf ko'rish
|
ozbekistonda kuchli ijtimoiy kafolatlarni shakllantirish vazifalari va xususiyatlari
Milliy davlatchilikni shakllantirish, demokratik islohotlarni amalga oshirish, iqtisodiyotni bir holatdan ikkinchi holatga o’tkazish hamda bozor munosabatlariga o’tish davrida ijtimoiy muammolarga alohida e’tibor berish zarur. Jahondagi ko’pgina mamlakatlarning ijtimoiy rivojlanish sohasidagi g’oyat boy tajribasi 17 17 shundan dalolat beradi. Yangi mustaqil davlatlarning islohot davridagi ijtimoiy- siyosiy va iqtisodiy holatining tahlili ham buni tasdiqlaydi. Tarix sabog’i shundaki, uning aynan keskin burilishlarida, ijtimoiy formatsiyalar almashinayotganda ijtimoiy muammolar va ziddiyatlar g’oyat keskinlashadi, milliy havfsizlikka, fuqarolar tinchligiga va barqarorlikka tahdid soluvchi omilga aylandi. _ Odamlarni da’vat etuvchi ijtimoiy sabablarning ro’yobga chiqishi juda muhim ahamiyatga molikdir. Odam o’z tabiatiga ko’ra ijtimoiy mavjudoddir. Shu sababli inson uchun islohotlar jarayonida o’z imkoniyatlarini qanchalik ro’yobga chiqara olishi, islohotlarning mazmuni va maqsadlari haqidagi tasavvurlari islohotlarning amaliy natijalariga qanchalik mos kelishi g’oyat katta ahamiyatga molikdir 19 . _ Keng ko’lamdagi uzoq muddali isloh qilish jarayonining dastlabki bosqichini men eng qiyin, ijtimoiy portlash xavfi bo’lgan bosqich, deb atagan bo’lardi. Buning sababi shundaki, o’tish davrining o’zi ko’p hollarda bir qancha hal qilinmagan ijtimoiy muammolarni keltirib chiqaradi va ular zamiridagi larzaga soladigan kuchni o’zida saqlab turadi. Shu bilan birga bir siyosiy va iqtisodiy tizimdan ikkinchisiga o’tish ham yangi muammolarni tug’dirishi va muayyan ijtimoiy kamchiliklar bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Ko’p mamlakatlarning tajribasi bozor munosabatlariga o’tish silliq, ijtimoiy qiyinchiliklarsiz, oson kechmasligini ko’rsatadi. Bu ob’yektiv jarayondir. Shu boisdan ham O’zbekistonning o’z yangilanish va taraqqiyot yo’liga asos qilib olingan yetakchi tamoyillardan biri kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirishdan iboratdir 20 . Bu demokratik va iqtisodiy islhotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishning, ular orqaga qaytmasligining juda muhim sharti va garovidir. 19 Karimov I. A. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T.: «O‘zbekiston», 1997, 212-bet. 20 Karimov I. A. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T.: «O‘zbekiston», 1997, 217-bet. 18 18 Ishonchli ijtimoiy kafolatni va aholini ijtimoiy himoyalash choralarini ta’minlash bozor o’zgarishlarining hamma bosqichlari orqali o’tadi va jamiyatimizni yangilashdan iborat hoyat keng jarayonning boshqa yo’nalishlarini ham qamrab oladi. Mamlakatimiz Prezidenti bozor iqtisodiyotiga o’tish davrining asosiy yo’nalishlari belgilab olinayotgan hozirgi vaqtda respublikamiz mehnatkashlarining vakillari bilan maslahatlashib olish katta ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi. Endilikda O’zbekiston iqtisodiy taraqqiyotida yangi bosqich - tub o’zgarishlar davri boshlanmoqda. Markaziy Osiyo davlatlari hamda Rossiyada yuz berayotgan voqealar mamlakatimiz aholisini ijtimoiy himoyalash masalasiga yanada jiddiyroq yondashishni taqozo etmoqda. Agar hoziroq zarur choralar ko’rilmasa, voqealarning borishini va ular qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini oldindan ko’ra bilmasak, ertaga xalqimiz moddiy jihatdan og’ir ahvolga tushib qolishi mumkin. Bunday sharoitda O’zbekistonda ma’muriy-buyruqbozlik va markazlashtirilgan taqsimot tizimidan bozor munosabatlariga o’tish yo’li to’g’ri tanlanganini hayot qayta-qayta isbotlayapti. Ushbu fikrlarimizning davomi sifatida quyida mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tizimidagi bolalar muruvvat uylarida sportni rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar to’g’risida ma’lumot bermoqchimiz. O’zbekistonda bozor munosabatlariga o’tish tamoyillarini ko’pchilik yaxshi biladi. Ularni qaytarib o’tirishga hojat yo’q. Biroq kuchli ijtimoiy himoyalash tamoyiliga alohida urg’u berishga to’g’ri keladi, negaki, boshqa tamoyillarning ro’yobga chiqishi shunga bog’liqdir. Bozor munosabatlariga o’tish sharoitida iqtisodiyotning mafkuraga nisbatan ustuvorligi, islohotlarni amalga oshirishda davlatning o’zi yetakchi bo’layotgani hamda qonunlar ustuvorligi mamlakatimiz aholisini ijtimoiy jihatdan himoya qilishga xizmat qiladi. Bu mehnatga yaroqli aholisining qariyb yarmi, ayrim joylarda hatto 80 foizgacha qishloq xo’jaligida band bo’lgan, 50 foiz aholisi 18 yoshgacha bolalardan iborat respublika uchun alohida ahamiyatga egadir. Vaholanki, Gollandiya, Germaniya kabi mamlakatlarda 19 19 qishloq xo’jaligida ishlovchilar mehnatga yaroqli kishilarning bor-yo’g’i 4-5 foizini tashkil etadi. Beshinchi tamoyilga ko’ra bozor munosabatlariga o’tish bosqichma-bosqich amalga oshirilishi kerak. Hamma narsani o’z holiga tashlab qo’yib bo’lmaydi. Masalan, Fransiyada ayrim sohalardagi fondlarning 40-45 foizi davlat nazoratida. U yerda xalq xo’jaligini rivojlantirishning besh yillik rejalari asosida ish yuritiladi. Amerikada hatto 30 yillik rejalar ishlab chiqilgan. Yangi uy qurmay turib, eskisini buzmang, deganda eski tuzumning qurilayotgan yangi jamiyatimiz uchun foydali tomonlarini ham yo’qqa chiqarmasligimiz lozimligi nazarda tutiladi. Sog’liqni saqlash, madaniyat, maorif sohalarida boshqalarga o’rnak qilib ko’rsatsa arziydigan yutuqlarimiz bor. Kasaba uyushmalarining asosiy vazifasi har bir masalaga mehnatkashlarni ijtimoiy jihatdan muhofaza qilish nuqtai nazaridan yondashishdan iborat. Aslida, bu - davlatning ham asosiy vazifasi. Fuqarolariga har tomonlama g’amxo’rlik qilgan davlatgina odamlar mehrini qozonadi. Bu g’amxo’rlik birinchi navbatda mamlakatda osoyishtalik va barqarorlikni ta’minlash bilan bog’liqdir. Chuqur islohotlar o’tkazish uchun, avvalo, barqarorlik, milliy ahillik bo’lishi zarur. Mamlakatimiz kasaba uyushmalari respublika rahbariyati yuritayotgan siyosatni to’g’ri tushunib, islohotlarni amalga oshirishda yelkadosh bo’layotgani tahsinga loyiqdir. Bu, ayniqsa, o’tish davri qiyinchiliklarini yengishda muhim ahamiyat kasb etadi. O’zbekiston endilikda iqtisodiy mustaqillik sari dadil odim otmoqda. Sir emaski, mamlakatimiz iqtisodiyoti ko’p jihatdan Rossiya bilan bog’liq. U yerda kechayotgan jarayonlar respublikamizga ham ta’sir etmay qolmaydi. Ayniqsa, Rossiya iqtisodiyotidagi tanglik rublning halokatli darajada qadrsizlanishiga olib keldi. Bir dollarning bahosi 1100 rubl atrofida. Bunday sharoitda aholini ijtimoiy jihatdan muhofaza etish mamlakatimiz rahbariyatining bosh vazifasi bo’lib qolaveradi. Lekin bu muhofaza asosiy oziq-ovqat mahsulotlari turlariga davlat tomonidan faqatgina dotatsiya ajratish orqali amalga oshiriladi degani emas. 20 20 Bu masalaga sal kengroq qarash lozim. SSSR davrida har bir mehnatkash moddiy tovar ishlab chiqarishi kerak, degan ahmoqona siyosat tufayli xizmat ko’rsatish sohasida ishlovchilar soni juda kamayib ketdi. Boshqa mamlakatlar tajribasi odamlarimizni qishloq xo’jaligi sohasidan ozod qilib, o’zga sohalarga yo’naltirish va ish bilan band etish kerakligini ko’rsatmoqda. Shunda har bir mehnatkash yangi qiymat, yangi mahsulot va yangi milliy daromad yaratadi. Shunday qilinmasa, vaziyat o’nglanmaydi. Mehnat unumdorligi ham, yalpi milliy mahsulot hajmi ham o’smaydi. Hisob-kitoblarga qaraganda, O’zbekiston qishloq xo’jaligida mehnatga yaroqli aholining 38 foizi ishlaydi. Shulardan teng yarmini xizmat ko’rsatish sohasiga jalb etish mumkin. Gollandiyada mazkur sohada mehnatga yaroqli kishilarning 68 foizi xizmat qiladi. Bizda esa bu ko’rsatkich 9 foizdan oshmaydi. Siyosiy iqtisod darsliklari shu vaqtgacha odamlarni xizmat ko’rsatish va savdo- sotiq sohasidan moddiy boylik ishlab chiqarish sohasiga jalb etishni targ’ib etib keldi. Natija shu bo’ldiki, ko’pchilik boqimondaga aylanib qoldi. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, ba’zi kolxozlarda yashovchilar davlat byudjeti va pensiya jamg’armalaridan shu kolxozning yillik daromadidan 2-2,5 barobar ko’p miqdorda pensiya va nafaqa pullari olishar ekan 21 . Bunga qaysi davlat xazinasi bardosh bera oladi? Bunday boqimonda jamiyat kimga kerak? Kasaba uyushmalari ana shu savollarga javob izlab ko’rishi kerak. Aholini ijtimoiy jihatdan himoyalash usullarini tubdan o’zgartirmasa bo’lmaydi. Afsuski, qo’shni respublikalarda oylik maosh va narx-navoni oshirish musobaqasi davom etmoqda. Bu tovarlarning bir respublikadan ikkinchisiga ko’chib yurishiga sabab bo’lmoqda. Misollarga murojaat qilaylik: eng kam oylik miqdori Rossiyada 4275, Qozog’istonda - 4500, Qirg’izistonda rublga chaqqanda 3200, Tojikistonda - 2000 so’mni, eng kam pensiya miqdori esa Rossiyada - 8122, Qozog’istonda - 5000, Qirg’izistonda rublga chaqqanda -3200, Tojikistonda - 2000 so’mni tashkil etadi. Turkmanistonda esa eng kam oylik maosh miqdori milliy 21 www.ziyonet.uz. 21 21 valyutani muomalaga kiritish arafasida 9600 so’m qilib belgilandi. Rossiyada eng kam oylik maosh miqdori bilan eng yuqori oylik maosh o’rtasidagi farq 22 barobardir 22 . Qo’shni respublikalardagi vaziyat O’zbekistonning ichki bozoriga ham ta’sir etmasdan qolmayapti. Respublika rahbariyatining ham, Kasaba uyushmalari federatsiyasi va uning tarmoqlari xodimlarining ham maqsadi bir: bozor munosabatlariga o’tish sharoitida aholini ijtimoiy jihatdan puxta muhofaza qilish, barcha sohalarni isloh etish orqali xalq farovonligini ta’minlashdir. Yuqoridagi fikrlarni umumlashtirgan holda, zimmaga olgan vazifalarni amalga oshirishda aholining siyosiy va ijtimoiy faolligini kuchaytirish juda muhim ahamiyat kasb etayotganligini alohida ta’kidlashni istar edik. Download 394.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling