Bozor va tavakkalchilik Reja Kirish Asosiy qism


Download 85.62 Kb.
bet10/13
Sana23.12.2022
Hajmi85.62 Kb.
#1045956
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Bozor va tavakkalchilik

0,5(6000 so’m)+ 0,5(3000 so’m)=0,99(6000 so’m)+0,01(6000 so’m) =4500 so’m.
Lekin, ikkala ish joyi uchun ham mumkin bo’lgan natijalarning o’zgaruvchanligi har xil. Ushbu o’zgaruvchanlikka ko’ra tavakkalchilikni tahlil qilish va uning katta yoki kichikligi to’g’risida gapirish mumkin. Bunday mezonga ko’ra, haqiqiy natija bilan kutiladigan natija o’rtasidagi farq (u musbat yoki manfiy bo’lishidan qat’iy nazar) qancha katta bo’lsa, bunday chetlanish shuncha katta tavakkalchilik bilan bog’liq ekanligidan darak beradi.
Quyidagi keltirilgan jadvalda ikkita ish joyi uchun haqiqiy natijalarning kutiladigan natijlardan chetlanishi keltirilgan. Ishga kiruvchi oldida ikkita masala qaysi ishga kirish masalasi turibti.
Haqiqiy natijalarni kutiladigan natijalardan chetlanishi. (kutiladigan natija 4500 so’m) Endi har bir ish joyi uchun o’rtacha chetlanishni hisoblaymiz.
________________________________
Bekmurodov A.Sh., Qosimova M.S. Safarov B.J., Musayeva Sh. Marketingni boshqarish. O`quv qo`llanma. – T.: TDIU, 2007, 160-b.
Birinchi ish joyi uchun:
O’rtacha chetlanish = 0,5(1500 so’m)+0,5(1500 so’m)=1500 so’m
Ikkinchi ish joyi uchun:
O’rtacha chetlanish =0,99(10 so’m)+0,01(990 so’m)=9,9+9,9=19,8 so’m.
Demak, birinchi ish joyidagi tavakkalchilik, ya’ni kutiladigan yo’qotish, ikkinchi ish joyidagiga qaraganda ko’proq. Nima uchun deganda, birinchi ish joyidagi o’rtacha chetlanish 1500 so’m, ikkinchi ish joyidagi o’rtacha chetlanish 19,8 so’mdan ancha ko’p.
Amaliyotda o’zgaruvchanlikni, ya’ni chetlanishni o’lchash uchun bir- biridan farq qiladigan ikkita mezon ishlatiladi. Birinchisi, dispersiya bo’lib, u haqiqiy natijadan kutiladigan natijani ayrilganining o’rtacha o’lchovi miqdori kvadratiga teng,
ya’ni:  , -dispersiya; - mumkin bo’lgan natija;

- kutiladigan natija; - i-natijaning ehtimoli.
Standart chetlanish (o’rtacha kvadratik chetlanish ham deyiladi), bu dispersiyadan olingan kvadrat ildizga teng, ya’ni:  ,  -standart chetlanish.
Birinchi ish joyi uchun: dispersiya:
.
Standart chetlanish  so’m.
Xuddi shunday yo’l bilan ikkinchi ish joyi uchun dispersiya, ya’ni so’m) so’m )=9900 so’m.
Standart chetlanish esa  so’m.
Ko’rilgan misolda ikkala mezon ham bir hil vazifani bajaradi, gap ularning qaysi biri foydalanishda o’ng’ayligida. Qaysi bir ishga kirshdan qo’rqmasa bo’ladi yani tavakkal qilishdan qo’rqqan inson uchun bu muhum sanaladi. Ko’rinib turibdiki ikkala holda ham ikkinchi ish joyi birinchiga qaraganda kamroq tavakkalchilikka ega. Tavakkalchilikka qiziqadigan inson undan bahra oladi. Bunday turdagi insonlarga o’z taqdirini sinab ko’rishdan bahramand bo’lish uchun barqaror daromaddan voz kecha oladigan insonlar kiradi. Ular yutish ehtimoliga yuqori baho berib yuboradilar. Tavakkalchilikka moyillik grafigi keskin sur’atda ortib borayotgan parabola grafigi orqali ifodalanishi mumkin.
Bilamizki hayotda va umuman barcha bozor sub’ektlari tavakkalchilikni e’tiborga oladi. Tavakkalchilikka moyil insonlar tavakkal qilib pul topsa tavakkalga qarshi insonlar reallik orqali daromad olishadi. Bularga ko’chalardagi, bozorlardagi har xil firibgarlar tavakkalchilikka moyil insonlar hisobidan boylik orttirsa, sug’urta kompaniyalari tavakkalchilikka moyil bo’lmagan insonlarni yo’qotishlarini kamaytirishga xizmat qiladilar.
Tavakkalchilikdagi iqtisodchi yutug’i va yo’qotishi.
Noaniqlik sharoitini o’rganish nafaqat ishlab chiqaruvchi balki iste’molchiga ham birdek zarur va muhim. Negaki, ishlab chiqaruvchi iqtisodiyotning asosiy savollaridan biri bo’lmish qancha ishlab chiqarish kerak degan savolga ma’lum miqdorda tavakkalchilikka duch keladi. Ya’ni har doim ham talab miqdori aniq qancha bo’lishi kerakligi haqida to’g’ri, to’liq va aniq ma’lumotga ega bo’lmaydi. Xuddi shu kabi iste’molchilar ham mahsulotdan ayni paytda qancha sotib olish bo’yicha noaniqlikka duch keladi. Boshqacha qilib aytganda narxlar kelajakda joriy narxlardan past bo’ladimi, yoki yo’qmi, kelajakda mahsulot qancha unga xizmat qilishi, uning ehtiyojini qanchalik qondirishi mumkinligi haqida to’liq axborotga har doim ham ega bo’lmaydi. Va ma’lum yo’qotishlarga har ikki tomon duch keladi. Bu yo’qotishni, noaniqlik (tavakkal) ning miqdorini bilish bilan oldini olish yoki bu yo’qotishlarni kamaytirish mumkin.
Iqtisodiy qaror qabul qilishda tavakkalchilikni kamaytirish omillari.
Iqtisodda juda ko’p salbiy oqibatlarning oldini olish uchun tavakkalchilikni pasaytirish kerak. Shundagina juda katta yutug’larga erishamiz. Vaqtdan ham yutishimiz mumkin. Bundan tashqari juda katta resurs isrof bo’lishi oldini olishimiz ham mumkin. Shu tariqa iqtisodchilarning daromadini ham mumkin.
Tavakkalchilikni pasaytirishning quyidagi turlari mavjud: diversifikatsiya, sug’urtalash, tavakkalchilikni taqsimlash, axborot izlash.

Download 85.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling