Bozor va tavakkalchilik
Reja
Kirish
Asosiy qism
Bozor va uning turlari
Bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’llari.
Tavakkalchlikka bo`lgan talab
Tavakkalchilik va uning iqtisoddagi ahamiyati.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati
Kirish
Kurs ishining dolzarbligi. Iqtisodda qaror qabul qilishda noaniqlik va tavakkalchilikni ahamiyati haqida gapirar ekanmiz, avvalo noaniqlik va tavakkalchilikni kundalik hayotdagi ahamiyatiga qarashimiz kerak. Avvalambor shuni aytish lozimki hayotdagi har bir hodisa bir o’zgacha jumboq, noaniqlikni o’zida mujassamlantiradi. Hamma narsa ham aniq bo’lavermaydi. Bunday paytlarda bir qarorga kelish, bizga eng yaxshi yo’lni tanlash masalasi oldimizda turadi. Bu holatda nazariya va amaliyotga tayangan holda tavakkal qilinadi. Biz mazkur ishda iqtisoddagi tavakkalning o’rni haqida gapirib o’tamiz.
Bilamizki iqtisoddagi barcha ko’rsatkichlar (narx, iste’molchi daromadi, ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori, olinadigan foyda, xarajatlar) aniq berilgan bo’lmaydi. Bunday paytda bozor sub’ektlari tomonidan qabul qilinadigan qaror noaniqliklar bilan bog’liq. Ma’lumki, to’g’ri qaror qabul qilishning asosiy sharti - bu axborot. Noaniqlik sharoitida qaror qabul qilish deganda, to’liq axborot bo’lmaganda qaror qabul qilish tushuniladi. Biror voqea yoki hodisa to’g’risida axborot to’liq bo’lmasa, qabul qilingan qaror salbiy oqibatlarga, ya’ni iqtisodchi malum bir miqdorda o’z daromadini yo’qotadi. Ushbu yo’qotishlar tavakkalchilikni bildiradi.
Bulardan ko’rinib turibtiki daromadi kata bo’lgan yani naflilik darajasi yuqori bo’lgan yo’llarda tavakkalchilik ham kata bo’ladi. Qanchalik katta tavakkalchilikka qo’l ursak shuncha katta daromad keltiradi yoki aksincha. Lekin doim ham katta risk yuqori darajada daromad keltiradi degani emas. Iqtisodchi bunday paytda hamma mablag’ini yo’qotib qo’yishi ham mumkin. Shu sababli ham ba’zi tadbirkorlar kam daromad bo’lsa ham tavakalchilikdan qochib kafolatlangan natijali ishga mablag’larini sarflashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |