Bozor va tavakkalchilik Reja Kirish Asosiy qism
Bozor iqtisodiyoti va foyda
Download 85.62 Kb.
|
Bozor va tavakkalchilik
Bozor iqtisodiyoti va foyda
Bozor iqtisodiyoti tovarlar va turli xizmatlarning doimiy harakatlarini o’z ichiga oladi. Bozor iqtisodiyoti tartibsiz, stixiyali harakatdan holi emas. Ammo u davlat tomonidan ishlab chiqilgan qonunlar harakati bilan ma’lum darajada tartibga solinadi. Demak, bozor iqtisodiyotiga ta’rif bersak – bu erkin raqobat asosida tovar ishlab chiqarish, turli xizmatlar ko’rsatish, iqtisodiy qonunlar asosida taqsimlash, ayirboshlash, iste’mol qilish va davlat tomonidan boshqarilishi ta’minlanadigan demokratik asosda tashkil etilgan iqtisodiy majmuadir. Respublika iqtisodiyotini bozor iqtisodiyoti asosida tashkil etish ishlab chiqarish sub’ektlarining o’zaro yaqindan iqtisodiy aloqalarda bo’lishini va o’zaro birgalikda harakat qilishini ta’minlaydi. Bozor iqtisodiyotini tashkil etish quyidagi muammolarni o’z ichiga oladi. Jamiyat ehtiyojlarini to’liq ta’minlash uchun qanday tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish, ishlab chiqarishning qaysi tarmoqlarini rivojlantirish, qanday ishlab chiqarish texnologiyalaridan foydalanish va ishlab chiqarilgan mahsulotlarni qanday usul biln iste’molchilar o’rtasida taqsimlashdan iborat. Bu muammolar korxonalar tomonidan ijobiy hal etilganda, korxonalarning ishlab chiqarish jarayonida yaratgan yangi yakuniy ichki mahsulot qiymati, ishlab chiqarishni tashkil etish uchun sarf etilgan avanslangan qiymatdan yuqori bo’ladi. Bunda korxonalar foyda olishlari mumkin. Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonaning foyda ko’rishi korxona o’z mahsulotidan olgan umumiy daromadiga va ishlab chiqarish uchun charf etilgan ishlab chiqarish harajatlari miqdoriga bog’liq bo’ladi. Кorxona ishlab chiqarish harajatlari ishlab chiqarish vositalari, xom ashyo va ish kuchi harajatlarini o’z ichiga oladi. Ular doimiy (S) va (V) o’zgaruvchan harajatlarga bo’linadi. Doimiy va o’zgaruvchi harajatlar darajasi ishlab chiqarish omillarining narxlariga bog’liq bo’ladi. Кorxonalar ishlab chiqargan mahsulotni sotishdan qanchalik ko’p umumiy daromad olsalar, ularning ishlab chiqarish harajatlarini kamayayotganligidan dalolat beradi. Erkin raqobatga asoslangan bozor iqtisodiyoti sharoitida mahsulotlarga yuqori talab bo’lgan tarmoqlar rivojlanib boradi. Ularning iqtisodiy samaradorligi oshib boradi. Iqtisodiy samaradorlik deb ma’lum mahsulot hajmini eng kam harajatlar sarflab ishlab chiqarish va ko’p foyda olishda ifodalanadi. Albatta, bozor tizimining ijobiy va salbiy tomonlari mavjud. Bozor iqtisodiyotining faqat ijobiy tomonigina emas, balki salbiy tomonini ham ko’ra bilishi kerak», degan edi22. Shuning uchun ham davlat bozorning salbiy taraflari oldini olish uchun iqtisodiyotni tartibga solishda faol qatnashishi kerak. Download 85.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling