Bozori 8. Kapital bozori va kapital qo`yilmalar Kapital


Jamg`arma va vaqt bo`yicha chekli tanlash normasi


Download 345.95 Kb.
bet4/10
Sana19.06.2023
Hajmi345.95 Kb.
#1625250
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Извлеченные страницы из Микроиктисодиёт китоб

Jamg`arma va vaqt bo`yicha chekli tanlash normasi. Insonlar joriy va kelajakdagi iste′molni bir-biri bilan solishtirib, jamg`arish to`g`risida qaror qabul qiladilar. Odatda shaxs kelajakda ko`proq iste′mol qilish uchun bugungi kundagi bir so`mlik iste′molidan voz kechadi. Masalan, shaxsning bir yillik daromadi 100 ming so`m bo`lsin. Agar u ushbu daromadini joriy yilda to`liq iste′mol qilsa, uning jamg`armasi nolga teng bo`ladi. Shaxs ushbu daromadidan 10 ming so`mini jamg`aradi (10 ming so`mlik joriy iste′moldan voz kechadi), agar u kelajakda 10 ming so`mdan ko`proq iste′mol qilish imkoniyatiga ega bo`lsa, masalan 15 ming so`mlik. U holda uning vaqt bo`yicha chekli tanlash normasi MRTP

quyidagicha aniqlanadi: MRTP
C1
C0
15 1,5.
10

MRTP - vaqt bo`yicha chekli tanlash normasi, bu shaxsning umumiy tushum darajasi o`zgarmagan sharoitda bir birlik joriy iste′moldan voz kechish hisobiga bo`ladigan kelajakdagi qo`shimcha iste′mol qiymati bo`lib, u shu voz kechilgan birlik iste′molni qoplash uchun etarlidir.
Vaqt bo`yicha tanlash investitsiya qo`yishga jamg`arma orqali ta′sir qiladi. Lekin, joriy iste′mol hisobidan jamg`armani xohlagancha oshirish

mumkin emas. Nega deganda, umumiy daromad cheklangan. Jamg`arma umumiy daromaddan iste′molni ayrilganiga teng: S I C, bu yerda: S - jamg`arma; I - umumiy daromad; C - iste′mol.
Ma`lumki foiz stavkasi (i) qancha yuqori bo`lsa, jamg`arishga moyillik shuncha yuqori bo`ladi va aksincha.

Download 345.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling