Bozorov erkin xojiyevich


Download 118.49 Kb.
bet2/3
Sana08.05.2023
Hajmi118.49 Kb.
#1445778
1   2   3
Bog'liq
MAQOLA Ionlovchi nurlanishlar va ularning asosiy xususiyatlari

Materiallar va metodlar. Bugungi kunda ko’plab rivojlangan davlatlar tajribasidan shuni ko’rish mumkinki, ta’limda interfaol metodlarni qo’llash o’zining ijobiy natijasini ko’rsatgan. Shulardan biri “Fishbone” metodidir.
“Fishbone” – “baliq skeleti” metodi baliq skeleti shaklidagi sxematik diagrammaga asoslangan. Dunyoda bu diagramma sabab-oqibat munosabatlarini tizimli tahlil qilish metodini ixtiro qilgan yapon professori Ishikawa nomi bilan keng tarqalgan. Bu metod dastlab menejmentda muammolar va ularning sabablarini tahlil qilish uchun qo'llanilgan. Hozirgi kunda bu metod ko’plab sohalarda qo’llanilmoqda, shu qatorda pedagogikada ham keng qo’llaniladi. Diagrammaning k
o’rinishda 1-rasmda tasvirlangan [5].
“Fishbone” metodi muammoning mumkin bo'lgan yechimlarini aniqlashga yordam beradi. Ushbu turdagi diagrammalar hodisalarning yechimlarini chuqurroq tahlil qilish, maqsadlar qo'yish, muammoning turli qismlari o'rtasidagi ichki aloqalarni ko'rsatish imkonini beradi; muammoga oydinlik kiritish, uning yuzaga kelish sabablarini, shuningdek, asosiy yechimlarni aniqlash imkonini beradi. “Fishbone” metodining asosiy afzalliklari quyidagilardan iborat: ijodiy fikrlashni oshirish, muammolar va yechimlar o'rtasidagi munosabatlarni ifodalash, ularni solishtirish. Kamchilik shundaki, bu metod asosiy muammoga olib keladigan muammolar zanjirini mantiqiy tekshirishni hisobga olmaydi (asosiy muammodan natijalar yo’nalishida tekshirish qoidalari mavjud emas), bundan tashqari, murakkab va tushunarsiz tuzilgan. Bu metod har doim ham to'g'ri xulosa chiqarishga imkon bermaydi [4].
Metodni qo’llash qoidalari. Asosiy gorizontal chiziq chiziladi, uning pastki va ustki sohalariga 45o burchak ostida vertikal chiziqlar chiziladi. Chizmaning bosh qismiga asosiy muammo, ustki vertikal chiziqlarga yechilishi kerak bo’lgan muammolar, pastki qismiga shu muammolarning yechimlari, dum qismiga umumiy natija va xulosalar yoziladi. Demak, diagramma asosiy 4 qisimdan iborat bo’ladi (1-rasm).
Metodni o’quv mashg’ulotlarida qo’llashda, talabalar ikki yoki uch guruhga bo’linadilar. Har bitta guruh o’ziga berilgan topshiriq bo’yicha, hal qilinishi kerak bo’lgan muammolar va ularning yechimlari bilan diagrammani to’ldirishlari kerak bo’ladi. Shu orqali asosiy yechilishi kerak bo’lgan muammoga yechim topishilari zarur va ta’riflab berishlari kerak bo’ladi. Bu orqali talabalar o’rganilishi zarur bo’lgan mavzuni chuqur, mukammal o’zlashtirishlariga erishiladi.
Talabalar muammolarga yechimlarni topgach, umumlashgan xulosa chiqariladi. Bu bilan har bir talabaning mavzu bo’yicha yuzaga kelgan savollarga aniq yechimlar topishiga erishish mumkin.


Download 118.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling