Bozorov erkin xojiyevich


Download 118.49 Kb.
bet1/3
Sana08.05.2023
Hajmi118.49 Kb.
#1445778
  1   2   3
Bog'liq
MAQOLA Ionlovchi nurlanishlar va ularning asosiy xususiyatlari


Klinik dozimetriya fanining “Ionlovchi nurlanishlar va ularning asosiy xususiyatlari” nomli ma’ruza mashg’ulotini “Fishbone” metodini qo’llash orqali o’qitish
1,2BOZOROV ERKIN XOJIYEVICH, 1RAHIMOVA VOLIDA KARIM QIZI

  1. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Yadro fizikasi instituti

  2. O‘zbekiston Milliy Universiteti Fizika fakulteti

Email: dashinka0212@gmail.com
Annotatsiya. Klinik dozimetriya fanidan “Ionlovchi nurlanishlar va ularning asosiy xususiyatlari” nomli ma’ruza mashg’ulotini o’qitishda “fishbone” (baliq skeleti) interfaol metodidan foydalanish talabalarga mavzuni mustahkamlashga yordam beradi. Guruh bo`lib ishlash ko`nikmasini shakllantiradi hamda mustaqil fikrlash qobilyatini oshiradi.
Kalit so’zlar: dozimetriya, ionlovchi nurlanishlar, interfaol, fishbone, nur terapiyasi, eksperiment, innovatsiya, metod.
Annotation. The use of the "fishbone" interactive method in teaching the lecture "Ionizing radiations and their main characteristics" from the science of clinical dosimetry helps students to strengthen the topic. Forms the ability to work in a group and increases the ability to think independently.
Keywords: dosimetry, ionizing radiation, interactive, fishbone, radiation therapy, experiment, innovation, method.
Аннотация. Использование интерактивного метода «fishbone» (рыбий скелет) в преподавании лекции «Ионизирующие излучения и их основные характеристики» из науки клинической дозиметрии помогает студентам закрепить тему. Формирует умение работать в группе и повышает способность мыслить самостоятельно.
Ключевые слова: дозиметрия, ионизирующее излучени, интерактив, fishbone, лучевая терапия, эксперимент, инновация, метод.
Kirish. Respublikamizda ta’lim sohasini rivojlantirishga yanada e’tibor berilmoqda. Bunga milsol qilib 23.09.2020 - yilda O’RQ-637-sonli yangi tahrirdagi ta’lim to’g’risidagi qonunning qabul qilinganini olishimiz mumkin. Yangi tahrirdagi qonun 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi haqida” va “Ta’lim to’g’risida”gi qonunlarni almashtiradi. Yangi qonunning asosiy farqlariga misol qilib “Ta’lim sohasidagi eksperimental va innovatsion faoliyat” (36-modda) moddasini olishimiz mumkin. Bunda quyidagilar belgilab berilgan: “Ta’lim sohasidagi eksperimental va innovatsion faoliyat ta’limni modernizatsiya qilish maqsadida amalga oshiriladi hamda yangi ta’lim texnologiyalari va resurslarini ishlab chiqishga, ularni sinovdan o‘tkazishga hamda ta’lim jarayoniga joriy etishga qaratilgan. Eksperimental va innovatsion faoliyatni amalga oshirish tartibi va shartlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ta’lim tashkilotlari eksperimental va innovatsion faoliyatda masofaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanishi mumkin”. Yangi tahrirdagi qonunda, o’quvchi-talabalarga beriladigan bilimlar va ko’nikmalarni innovatsion va interfaol pedagogik medotlar bilan yetkazib berish belgilab berilgan. Innovatsion va interfaol pedagogik ta’lim medotlar esa o’quvchi-talabalarning fanni o’zlashtirishda muhim ahamiyatga ega [1-2].
Hozirgi vaqtda ta’lim jarayonida o’qitishning zamonaviy metodlari keng qo’llanilmoqda. O’qitishning zamonaviy metodlarini qo’llash o’qitish jarayonida yuqori samaradorlikka erishishga olib keladi. Bu metodlarni har bir mashg’ulotning didaktik vazifasidan kelib chiqqan holda tanlash maqsadga muvofiq bo’ladi. [3].

Download 118.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling