Bozorov Javohir 4-variant kompyuterni tashkillashtirish eisa shinasi
Download 16.31 Kb.
|
Bozorov Javohir 4
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bus Mastering
- Mca shinasi
Bozorov Javohir 4-variant KOMPYUTERNI TASHKILLASHTIRISH EISA shinasi (Extended ISA) – 32 razryadli ma‘lumotlar shinasi va 32 razryadli manzillar shinasi bo‗lib, 1989-yil ISAning konstruktiv va funksional kengaytmasi sifatida yaratilgan. Shinaning manzillar maydoni 4 Gbayt va 8–10 MHz chastotada ishlaydi. Shinaning o‗tkazish xususiyati nazariy jihatdan 33 Mbayt/s bo‗lib, protsessor – kesh – tezkor xotira kanali bo‗yicha almashuv tezligi xotira mikrosxemasining ko‗rsatkichlari bilan aniqlanadi. Kengaytirish razyomlarining soni oshirilgan bo‗lib, nazariy jihatdan 15 tagacha, amaliy 10 tagacha qurilma ulanishi mumkin. Uzilishlar tizimi yaxshilangan, Bus Mastering – shinadagi har qanday qurilma tarafidan shinani boshqarish ish tartibi quvvatlanadi, qurilmalarning shinadan foydalanishini boshqarish uchun arbitraj tizimi mavjud. EISA shinasi – ISA ning 32 bitgacha qat‘iy standartlashtirilgan kengaytmasidir. Konstruktiv bajarilishi u bilan oddiy ISA adapterlarining mos kelishini ta‘minlaydi. EISA kartalarini ISA slotlariga o‗rnatilishi mumkin emas, chunki uning o‗ziga xos zanjirlari ISA zanjirlarining kontaktiga duch keladi, buning natijasida tizimli plata ishga yaroqsiz holga keladi. EISA shinasi qimmat, ammo ko‗p masalali tizimlarda, faylserverlarda va kiritish/chiqarish shinalarining yuqori samaradorli kengaytmasi talab qilingan joyda o‗zini oqlovchi arxitekturadir. Mca shinasi (Micro Channel Architecture) – 32 razryadli shina bo‗lib, 1987-yil PS/2 mashinalari uchun IBM firmasi tomonidan yaratilgan. O‗tkazish xususiyati 76 Mbayt/s, ish chastotasi 10–20 MHz. O‗zining boshqa tavsiflari bilan EISA shinasiga yaqin, ammo ISA bilan ham, EISA bilan ham mos tushmaydi. PS/2 kompyuterlarida ishlab chiqarilgan amaliy dasturlarning yo‗qligi, uning keng tarqalishiga to‗sqinlik qilgani sababli, MSA shinasi ham uncha keng ishlatilmaydi. MSA shinasiga bo‗lgan talabning yo‗qligining ikkinchi sababi ISA adapter platalarining MSA bilan mos tushmasligidir. Download 16.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling