Bozorov Javohir 4-variant kompyuterni tashkillashtirish eisa shinasi
Download 16.31 Kb.
|
Bozorov Javohir 4
PCI shinasi (Peripheral Component Interconnect, tashqi komponentlarni ulash) – turli xil qurilmalarni ulash uchun eng keng tarqalgan va universal interfeys. 1993-yil Intel firmasi tomonidan ishlab chiqilgan. PCI shinasi VLB ga qaraganda ancha universal bo‗lib, 10 tagacha qurilmani ulash imkonini beradi. 80486 dan zamonaviy Pentiumgacha bo‗lgan har qanday protsessor bilan ishga sozlanish imkonini beruvchi o‗zining adapteriga ega. PCI ning taktlash chastotasi – 33 MHz, razryadligi 64 bitgacha kengaytirish imkoni bilan ma‘lumotlar uchun 32 razryad va manzillar uchun 32 razryadni tashkil qiladi. O‗tkazish xususiyati nazariy 132 Mbayt/s, 64-bitli variantda esa 264 Mbayt/s. PCI lokal shinasining 2.1 modifikatsiyasi 66 MHz gacha taktlash chastotasida ishlaydi va 64 razryadlida 528 Mbayt/s gacha o‗tkazish xususiyatiga ega. Plug and Play, Bus Mastering va adapterni avtokonfiguratsiyalash ish tartibini qo‗llash amalga oshirilgan.
Bitta PCI shinasida to‗rtta qurilmadan (slotlardan) ortiq bo‗lishi mumkin emas. PCI shinasining ko‗prigi (PCI Bridge) – bu PCI shinasini boshqa shinalarga ulashning apparat vositasidir. Host Bridge, ya‘ni asosiy ko‗prik PCI ni tizim shinasiga (protsessor shinasi yoki protsessorlar) ulash uchun ishlatiladi. Peer-to-Peer Bridge – bir rangli ko‗prik – ikkita PCI shinasini ulash uchun ishlatiladi. Ikkita va undan ko‗p PCI shinasi kuchli shimoliy platformalarda qo‗llaniladi, chunki qo‗shimcha PCI shinasi ulanadigan qurilmalar sonini oshirish imkonini beradi. PCI shinasi hamma almashuvni paket ko‗rinishida izohlaydi: har bir kadr manzil fazasidan boshlanadi, bu faza izidan bir yoki bir nechta ma‘lumotlar fazasi kelishi mumkin. Paketda ma‘lumotlar fazasi soni noma‘lum, ammo qurilmaning shinadan foydalanishining maksimal vaqtini aniqlovchi taymer bilan cheklangan. Har bir qurilma shaxsiy taymeriga ega. Har bir almashuvda ikkita qurilma – almashuv tashkilotchisi (Inisiator) va maqsadli qurilma (Target) qatnashadi. Shinadan foydalanishga bo‗lgan so‗rovlar arbitraji bilan tizimli plata chipsetining tarkibiga kiruvchi maxsus funksional bog‗lama shug‗ullanadi. Tizimli platadagi shina razyomi konstruktiv ravishda har biri 64 kontaktli ketma-ket joylashgan ikkita seksiyadan (har biri o‗zining kaliti bilan) iborat. Bu interfeys yordamida tizimli plataga videokarta, tovush kartasi, modemlar, SCSI kontrolleri va boshqa qurilmalar ulanadi. Ko‗pincha tizimli platada bir nechta PCI razyomi bo‗ladi. PCI shinasi lokal shina bo‗lsa ham kengaytirish shinasining ko‗pgina funksiyalarini bajaradi. ISA, EISA, MCA kengaytirish shinalari PCI shinasi bor bo‗lsa, bevosita protsessorga emas (VLB shinasidan foydalanilganga o‗xshab), balki PCI shinasining o‗zig a (kengaytirish interfeysi orqali) ulanadi. Masalaning bunday hal qilinishi tufayli shina protsessorga nisbatan mustaqil va protsessorga so‗rovlar bilan murojaat qilmasdan uning shinasi bilan parallel ishlay oladi. Shunday qilib, protsessor shinasining yuklamasi kamayadi. Masalan, protsessor tizim xotirasi yoki kesh-xotira bilan ishlayapti, bu vaqtda esa tarmoq orqali qattiq diskka axborot yozilyapti. Boshqa shinalarning adapteridan farqli ravishda PCI kartasining komponentlari plataning chap yuzasida joylashgan. Shu sababli oxirgi PCI-sloti adapterning o‗rnatilish joyidan foydalanishni qo‗shni ISAsloti (Shared slot) bilan bo‗lishadi. Uch o‗lchamli grafikani quvvatlovchi Pentium III, undan keyin Pentium IV protsessorlarining yaratilishi video ma‘lumotlarni uzatish bilan bog‗liq bo‗lgan PCI shinasining yuklamasini kamaytirishni talab qildi. Intel firmasi PCI ni takomillashtirdi va AGP magistral interfeysini qo‗shdi. Download 16.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling