Bozorova sarvinozning optika fanidan


Natijalarning ilmiy va amaliy ahamiyati


Download 0.86 Mb.
bet2/12
Sana18.06.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1573378
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Diyor sex

Natijalarning ilmiy va amaliy ahamiyati. Fotoelementlar yordamida hal qilinadigan masalalar juda turli-tuman bo’lgani uchun har xil texnik xarakteristikalarga ega bo’lgan fotoelementlarning juda ko’p turlari yaratildi. Har bir masalani hal qilishda fotoelementning optimal turini tanlash uchun bunday xarakteristikalardan xabardor bo’lish kerak. Tashqi fotoeffektga asoslangan fotoelementlarning (vakuum fotoelementlarining) quyidagi xarakteristikalarini bilish zarur: 1) spektrning qaysi sohasida ishlashi; 2) spektral sezgirligining nisbiy xarakteristikasi (bu xarakteristika monoxromatik yorug’lik bilan yoritilgan holdagi spektral sezgirlikning xarakteristikaning maksimumdagi sezgirlikka bo’lgan o’lchamsiz nisbatining tushayotgan yorug’likning to’lqin uzunligiga bog’liqligidan iborat); 3) umumiy sezgirlik (bu sezgirlik fotoelementni standart yorug’lik manbai bilan yoritganda aniqlanadi); 4) beradigan kvantlari miqdori (chiqayotgan fotoelektronlar sonining fotokatodga tushayotgan fotonlar soniga bo’lgan nisbatning protsent hisobidagi qiymati); 5) inersionlik (vakuum fotoelementlarida bu xarakteristika elektronlarning fotokatoddan anodga uchib borishiga ketadigan vaqt bilan aniqlanadi). Shuningdek olingan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari umumlashtirilgan holda fizika, fizika-astronomiya yo‘nalish bakalavrlari hamda fizika, yarim o‘tkazgichlar va dielektriklar fizikasi kabi magistrlarga tanlov fani, maxsus fanlarga o‘quv adabiyoti sifatida ishlatilishi mumkin.

1. Fotoeffekt haqida tushuncha. Fotoeffekt qonunlari
Zaryadlangan elektrometrga mahkamlangan rux plastinkani ultrabinafsha nurlar bilan yoritganimizda elektrometr tezda razryadlanadi (zaryadsizlanadi). Agar elektrometr plastinkasini musbat zaryadlasak, so’ngra ultrabinafsha nurlar bilan yoritsak elektrometr razryadlanmaydi.

1-rasm. Fotoeffekt hodisasini namoyish qiluvchi tajriba.



2-rasm.
Bu hodisani quyidagicha tushuntirishimiz mumkin. Ultrabinafsha nurlar ta’sirida rux plastinka sirtidan manfiy zaryadlangan zarrachalar – elektronlar uchib chiqadi.
2-rasm. Stoletov tajribasi sxemasi.
Fotoeffektni o’rganishda katod nurlari degan tushuncha kiritiladi. Katod nurlari elektronlar oqimidan iborat bo’ladi. Katod nurlari yorug’lik ta’sirida paydo bo’lishi yoki kuchayishi mumkin. Yorug’lik ta’sirida o’zidan elektronlarni nurlaydigan sirtni fotokatod deb ataladi.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling