burgut AQSh ni, kabutar esa tinchlikni ifodalagan
271. Daniel Danin har qanday fan uslubiyati haqida
gapira turib, undagi nazariya va amaliyotni ALFA ga
qiyoslaydi. Chunki ularni bir-birisiz tasavvur qilib
bo’lmaydi. Savol: ALFA ni 2 so’z bilan ayting
Javob: Siam egizaklari
272. Rok musiqachilar Sting va Piter Gabrielning
birgalikdagi gastrol safarida konsert oldidan sahnaga
kim birinchi chiqishi aniq belgilanmagan ekan. Ushbu
proekt nomi “The Rock” deya boshlanadi. Savol:
Qolgan 2 ta so’zni xohlasangiz inglizchada,
xohlasangiz o’zbekchada ayting
Javob: Qaychi va qog’oz. Izoh: “Rock” – bu
nafaqat janr, balki “tosh” ma’nosini ham beradi
273.
Yuriy
Nagebinning
sayohat
qaydlarida
yozilishicha, Ularning ish mahsullari qay darajada
serjilo bo’lsa besh daqiqa o’tar o’tmas baribir iflos
bo’larkan. Aks holda Ular ishsiz qolishi aniq bo’lgan.
Savol: ular kimlar?
Javob: Oyoq kiyim tozalagichlar. Izoh: Oyoq kiyim
ko’zgudek yaraqlasa shuncha tez chang bo’lgani
bilinadi va yana uni tozalatishga to’g’ri keladi
274. Bruklinda tug’ilgan Karl Sagan bolaligida har
qanday istaklarni amalga oshiruvchi duoni bilgan.
Biroq bolakay u duoni necha marta aytsa ham hech
qanday natija olomagan. Uzoq vaqtlar bolakay buning
sababi U deb o’ylab yurgan. Savol: Uni ayting
Javob: Aksent. Izoh: Sagan yevreylar oilasida
tug’ilgan, shu sabab yevreycha aksent uning ishiga
halaqit beryapti deb o’ylagan. Keyinchalik katta
bo’lgach olamda bunaqa duo yo’qligini anglagan
275. Amerikancha reklamada U – insonni g’am-
tashvish va xavotirlardan ajratib qo’yuvchi pardaga
qiyoslanadi. Boshqa reklama plakatlarida U ko’pincha
inson bosh suyagi bilan tasvirlanadi. Savol: Uni ayting
Do'stlaringiz bilan baham: |