Javob: Umrning oxirigacha barcha istaklar amalga
oshishini so’rab bo’lmas ekan. Izoh: Unda Jindan
so’raladigan 3 ta tilak abadiylashib ketadi
519.
“Kompas” so’zi italyancha “compassare”
so’zidan kirib kelgan bo’lib “qadamni o’lchamoq”
ma’nosini beradi. Shu sababdan italyanlar boshqa bir
instrumentni “compasso” deb atashadi. Savol: Nimani?
Javob: Sirkul. Izoh: Sirkul ham o’z “oyoqcha”lari
bilan masofani o’lchaydi
520. Shimoliy Yer arxipelagini “Vaygach” va
“Taymir” kemalari ekspeditsiyasi ochgan va dastlab
boshqa bir orol nomiga o’xshash nom olgan edi. Savol:
O’sha biz bilgan orol nomini ayting
Javob:
Tayvan.
Izoh:
Dastlab
arxipelag
kemalarning birinchi bo’g’ini qo’shilmasidan
Tayvay deya nom olgan edi
521. Bir karikaturada talabchan kassir qizilyuzli
qahramondan “Sizga rostdan ham bitta bilet kerakmi?”
deb so’rayapti. Savol: Qahramonni ayting
Javob: Matryoshka
522. Ivan Ayvazovskiy AQSh ga tashrif buyurgach
“ALFA” nomli kartina chizadi. Aslini olganda ALFA
lar bir qancha va ulardan biri, misol uchun “Fata”.
Savol: ALFA ni 2 so’z bilan ayting
Javob: Niagara sharsharasi. Izoh: Ayvazovskiy
birinchi navbatda suvga oid kartinalarni chizgan.
Niagara
sharsharasi
“Taqa”,
“Fata”
va
“Amerikancha sharshara”lardan iborat
523. Kompyuter o’yinlaridan birida yonib ketgan uy
ichidan nomi tarjima qiliganda 233 raqami mavjud
bo’lgan bir kitob topiladi. Savol: Kitob nomida yana
qanday familiya uchraydi?
Javob: Selsiy. Izoh: “Wowan va Panfilka” o’yini
tarjimonlari “Farengeyt bo’yicha 451” asarini
“Selsiy bo’yicha 233” deya tarjima qilishgan
524. Bibi-Xonim masjidini qurishga 200 ta g’isht
teruvchi ustalar jalb qilingan, 500 ta sangtarosh
tog’larda toshlarni tayyorlash bilan shug’ullangan.
Bundan tashqari, ish joyiga 95 ta maxsus Ular ham
keltirilgan. Savol: Ularni ayting
Do'stlaringiz bilan baham: |