Javob: Kremlni qurgan. Izoh: Shu sabab uning
sharafiga Kreml nomini olgan emish.
61. Bir kuni Edvard Xayns ko’chada izdan chiqqan sut
tashuvchi mashinani ko’radi. Natijada 1911-yilda
Amerika shahri Trentonda eng birinchi U joriy etildi.
Uni ayting
Javob: Yo’l belgisi. Izoh: Mashinadan oqayotgan
sut yo’lda iz qoldirib ketayotganini ko’rgan
Edvardning hayoliga yo’lga belgi joriy etish fikri
kelgan ekan
62. Tailand cherkovlarida BU ISH takrorlanavergach,
tashrif buyuruvchilarga cherkovga kirishda latta
xaltachalar beriladigan bo’ldi. Savol: gap qaysi ish
haqida ketmoqda?
Javob: Oyoq kiyim o’g’irlash. Izoh: Endi
ziyoratchilar oyoq kiyimini xaltachada o’zlari bilan
olib kirishlari mumkin bo’ldi
63.
Nishon
markaziga
hujum
qiluvchi
Darts
o’yinchisini ispanlar qaysi ispancha so’z bilan
atashadi?
Javob: Matador. Izoh: Ispanlarda nishon markazi
“buqa ko’zi” deb ataladi
64.
Bir
serialda
Nyu-york
metrosidagi ba’zi
o’rindiqlarda
reklama
bilan
birga
natsistcha
simvollarni uchratish mumkin edi. Bir ayolga bu
simvollar yoqmaydi va BIR ISH ni qiladi. Savol:
shunga o’xshash holat XIX asrda nima bilan yoki kim
bilan sodir bo’lgan?
Javob: Eyfel minorasi yoki Mopassan. Izoh: Ayol
simvolni ko’rmaslik uchun o’sha o’rindiqqa o’tirib
oladi
65. Bastakor Mamoru Samuragoti bir o’ziga xosligi
sabab uzoq vaqt juda mashhurlikka erishdi va hatto
“Raqamli dunyoning ALFA si” laqabini oldi. Lekin
keyinchalik u ishlatgan hiyla fosh bo’ldi. Savol: ALFA
ni toping
Javob: Betxoven. Izoh: Uzoq vaqt bastakorni kar
deb hisoblashgan, aslida esa…
66. Bir kuni O. Genri o’z noshiridan navbatdagi
avansini so’rab murojaat qildi. Nashriyotdan kelgan
“Nima sababdan sizga pul zarur?” degan savolga javob
sifatida yozuvchi konvertga uni solib jo’natdi. Bir
mashhur hikoyada U 20 dollarga baholanadi. Savol:
Uni 2 ta so’z bilan ayting
Do'stlaringiz bilan baham: |