bilmagan Xolms, asalarilar uni necha marta
chaqqanligini bilgan
180. Jinoyatchi Roberto Chercheletta o’ziga o’g’irlikni
kasb qilib olgan edi va ko’pincha “quruq” chiqib
ketardi. Ammo Chercheletta 2002-yilda navbatdagi
jinoyati chog’ida politsiyachilar qo’liga tushadi, lekin
bu safar quruq chiqishga ulgurmaydi. Savol: Jinoyat
joyini toping
Javob: Trevi fontanida
181. 1991-yilda Isroil hukumati zudlik bilan barcha
efiopiyalik yevreylarni evakuatsiya qilish bo’yicha
qaror chiqaradi. Qizig’i, aynan o’shanda 1088 soni
bilan bog’liq rekord o’rnatilgan ekan. Savol: Bu raqam
nimani bildirar edi?
Javob: Samalyot bortidagi odamlar sonini. Izoh:
“Solomon operatsiyasi” nomini olgan bu qutqaruv
dasturi 36 soat davomida 15 ming odamni
evakuatsiya qilgan
182. Yekaterina II umurtqa suyagidagi kasallikdan
Dantsig shahrilik mana shu kasb egasi sababli xalos
bo’la olgan. Chunki ular inson anatomiyasini juda
yaxshi tushunishadi. Savol: Bu qanday kasb?
Javob: Jallodlar
183. Ko’plab aviokompaniyalar o’z pilotlariga BU ISH
ni qilishni man qilgan. Sababi, pilotlarning davleniyasi
pasayib ketishi yoki nafasi qaytishi kabi holatlarning
oldini olish maqsadida. Savol: BU ISH deya aniq nima
nazarda tutilmoqda?
Javob: Soqol qo’yish. Izoh: ba’zida pilotlar
kislorod maskasini kiyishiga to’g’ri keladi, soqol
esa bunday holda halal berib, yuqorida aytilgan
holatlarni keltirib chiqaradi
184. Eramizning 1-asrida Rimda 250 dan ortiq
novvoyxona, 4 ta Ludus bo’lgan va ulardan biri Ludus
Gallikus deb atalgan. Savol: qanday joylar odatda
Ludus deb atalgan?
Javob: Gladiatorlar maktabi. Izoh: Qadimgi Rim
grajdanlarining 2 ta asosiy ehtiyojini aynan shu
Do'stlaringiz bilan baham: |