spektakl
teatr
binosiga
kirgan
daqiqadan
boshlanadi”
260. Yaqin yillar ichida bo’lib o’tgan bir voqea sababli
“GQ” jurnali “Barcha yo’llar Rimga olib boradi”
nomli maqola chiqardi. Savol: Yuqoridagi gapda qaysi
harf boshqa harfga almashdi?
Javob: O harfi. Izoh: 2014-yilgi futbol bo’yicha
jahon chempionati uchun “Barcha yo’llar Rioga
olib boradi” nomli maqola chiqarilgan
261. “Yomg’ir ostida kuylash” filmida Jina Kelli
ishtirokidagi raqs sahnasi syomkasi vaqtida ALFA
qo’shilgan suvdan sun’iy yomg’ir hosil qilishda
foydalaniladi. Manbalarga ko’ra, Gippokrat ALFA
yordamida sil kasalligi bilan og’rigan bemorlarni
davolagan ekan. Savol: ALFA ni qisqa bir so’z bilan
ayting
Javob: Sut. Izoh: Sut qo’shilgan suv natijasida
yomg’ir tomchilari va pufakchalari kadrda aniqroq
ko’rinar ekan. Gippokrat esa echki sutidan
foydalangan
262. Chexovning bir insonga yo’llagan maktublarida
ushbu so’zlarni uchratishingiz mumkin: “aktrisa”,
“ajdaho”, “yig’loqi nemis”, “qalbimning krokodili”.
Savol: Chexov ushbu “shirin” so’zlarni kimga
yo’llagan?
Javob: Rafiqasi Olga Leonardovna Knipperga
263. Mark Tven shunday deydi: “Oktyabr – birja
o’yinlari uchun eng xavfli oylardan biridir”. Savol:
Mark Tven oktyabrdan tashqari eng xavfli oy deya
yana qaysi oyni sanab o’tgan?
Javob: Har qanday oy nomi qabul qilinadi. Mark
Tven bu gapi bilan birja doimo xavfli ekanligini
tushuntirmoqchi bo’lgan
264. “Sinov ostidagi muhabbat” filmi epizodlaridan
birida velosiped mingan ayol bir qahramondan suhbat
boshlanmasdan turib qandaydir bironta raqsni bilish-
bilmasligini so’raydi. Savol: Ayolning kasbini toping
Do'stlaringiz bilan baham: |