Patrik Zyuskindning “Parfyumer. Bir qotillik
tarixi” asari turtki bo’lgan
478. 2016-yilda yangi o’ziga xos o’rgimchak turi
aniqlandi. O’ziga xosligi shundaki, ular hayotini o’z
urug’idan ajralib chiqqan holda yakka tartibda
o’tkazishadi. Savol: Bu turga qaysi mashhur Nobel
laureati nomi berildi?
Javob: Gabriel Garsia Markes. Izoh: Markesning
“Yolg’izlikning yuz yili” nomli mashhur asari
mavjud
479. U bilan uchrashish har doim ham tragediya bilan
tugamaydi. Misol uchun yaqinda Jon Ueyn U bilan
uchrashganda o’zining sevimli tekilasini maza qilib
ichganini aytadi. Savol: Uni ayting
Javob: Aysberg. Izoh: Jon Ueyn “Yovvoyi g’oz”
nomli kemasida aysbergga duch kelgach, muz
bo’lakchasini tekilasiga qo’shib ichgan
480. “Yolg’izlikning yuz yili”da qariya Melkiades
xonasiga qamalib oladi va qorni ochganda oshxonaga
borishni ham to’xtatib qo’yadi. O’sha paytlarda X ning
idishida hatto gullab ketgan suv o’simliklarini ko’rish
mumkin edi. Savol: X ni ayting
Javob: Yasama tishlar. Izoh: Qariya ovqatlanishni
unutadi, tabiiyki tishlarini ham
481. 2004-yilda olib borilgan tadqiqotlarga ko’ra,
dengiz otlarining anchagina kam turi aniqlanadi. Biroq
ilgariroq olib borilgan tadqiqotlarda ularning turi hiyla
ko’p edi. Savol: Siz bizga buning sababini emas, balki
shu o’rinda dengiz otlarini taqqoslash mumkin bo’lgan
jonzotni ayting
Javob: Xameleon. Izoh: Dengiz otlari ham ma’zida
maskirovka uchun ranglarini o’zgartirib turishadi,
shu sababli ba’zi turlar keying safarida hisobga
olinmagan
482. Hazilga ko’ra, bir kimyogar ALFA si borligi
sababli “Shohona” nomli aroqdan ichishga qo’rqar
ekan. Savol: ALFA ni 2 so’z bilan ayting
Do'stlaringiz bilan baham: |