Javob: X – Nobel mukofoti, Y – Mendeleyev
494. Nizomiy Ganjaviyning “Xisrav va Shirin”ida arfa
chaluvchi odamni jazolash maqsadida qahramon SHU
ISH ni qiladi. Savol: Nima?
Javob: Tirnoqlarini olib tashlaydi. Izoh: Natijada
tirnoqsiz arfani chalib bo’lmaydi
495. 1985-yilda mashhur siyosatchi o’z irodasini
namoyish qilgach, shunday degandi: “Bu quti bilan
qilish mumkin bo’lgan eng yaxshi narsa – uni
dushmaningga sovg’a qilishdir”. Savol: Ushbu
siyosatchini ayting
Javob: Fidel Kastro. Izoh: Kastro kubacha
sigaretalarni yoqtirardi, chekishni tashlagach xuddi
shunday masalahat bergan
496. “Bayer 04” klubi o’z tarixida biron marta
Germaniya chempionligini qo’lga kiritmagan. Klub
laqablaridan biri u joylashgan shahar nomidan bir
harfga farq qiladi. Savol: Ushbu laqabni ayting
Javob: Neverkusen. Izoh: Leverkuzenliklar tarixda
biron marta ham hatto ikkinchi o’rinni ham qo’lga
kiritmagan ekan
497.
2017-yil
iyunda
darvozabon
Janluidji
Donnarumma “Milan”dan ketishi haqida gaplar
tarqaldi. Uning ketishining sababiga ishora qilib,
muxlislar 2 ta harfga uning familiyasini o’zgartirib
banner ko’tarishdi. Savol: Bannerdagi so’zni ayting
Javob: Dollarumma. Izoh: Sabab esa albatta unga
taklif qilingan katta summa edi
498. Qiziqarli fakt: Rim ilohasi Diananing ismlaridan
biri osmon, yer va yer osti hukmronligini ifodalar
ekan. Savol: ushbu ismni ayting
Javob: Trivia. Izoh: “Trivia” – “Uchta yo’l”
demakdir
499. Tansoqchi bo’ib ishlagan Edmund Myurreyning
xotirlashicha, uning mijozi doimo kostyumini ehtiyot
qilish uchun g’amxo’r xotini tikib bergan maxsus
fartukchani taqar ekan. Savol: Uning mijozi kim edi?
Do'stlaringiz bilan baham: |