Braziliya nafaqat Janubiy Amerikadagi balki yer sharidagi eng ulkan tropik mamlakat. U maydonining kattaligiga (8557 ming km2 ) ko’ra ham, aholisining soniga (187 mln 2006 y) ko’ra ham dunyoda 5- o’rinda turadi. Braziliya Janubiy Amerika materigining sharqiy va markaziy qismini egallagan. Braziliya Janubiy Amerika materigi maydonining 47 % ini o’z ichiga olgan bo’lib, quruqlik orqali materikning 10 davlati bilan chegaradosh. Iqtisodiy geografik o’rnining qulayligi:
dengiz bo’yida joylashganligi;
Janubiy Amerikaning barcha davlatlari bilan chegaradoshligi (Ekvador, Chilidan tashqari.)
AQSH ga yaqinligi, Venesuella va Argentina bilan chegaradoshligi.
Mamlakat shimoldan Fransiya. Gvianasi, Surinam, Gayana, va Venesuela, shimoli-g'arb va g'arbdan Kolumbiya, Peru, Boliviya bilan janubiy g'arb va janubdan Paragvay, Argentina va Urugvay bilan chegaradosh. Braziliyaning quruqlik chegarasi 16 ming kmga cho'zilgan. Sharqda esa mamlakatni 7,4 ming km ga cho'zilgan Atlantika okeani suvlari yuvib turadi.
Braziliyani 1500-1501 yillar portugal sayyohi Pedru Kobral kashf etgan. O’sha davrdan boshlab Braziliyaga evropaliklar ko’chib kela boshlagan.
Braziliya federativ respublika bo’lib, u 26 shtat va 1 ta poytaxt federal okrugidan tashkil topgan.
Qonun chiqaruvchi organi – Milliy Kongress.
Braziliya 1500-yildan XIX asrgacha Portugaliya mustamlakasi bo’lib kelgan. 1888- yil qullik bekor qilingan. 1891-yil Braziliya qo’shma shtatlari tashkil topdi. Braziliya ADT (OAG) BMT, LAIX, LAES va Amazoniya paktiga a’zo.
Do'stlaringiz bilan baham: |