Break operatori


Download 46.5 Kb.
Sana30.04.2023
Hajmi46.5 Kb.
#1409001
Bog'liq
BREAK OPERATORI


BREAK OPERATORI
Break operatori yordamida ma'lum bir shartni tekshirish va while tsikli bajarilishini to'xtatib qo'yish mumkin.
print("Kiritilgan sonning kvadratini qaytaruvchi dastur.")
savol = "Istalgan son kiriting "
savol += "(dasturni to'xtatish uchun 'exit' deb yozing): "
while True: # abadiy tsikl
qiymat = input(savol)
if qiymat == 'exit':
break # tsiklni to'xtatish
else:
print(float(qiymat)**2)
Break operatori for tsiklini to'xtatish uchun ham ishlatiladi.
sonlar = list(range(1,11))
for son in sonlar:
if son == 5: # son 5 ga teng bo'lsa kod to'xtaydi
break
print(f"{son} ning kvadrati {son**2} ga teng")

Natija
while tsikli ichida bir nechta break operatori ham bo'lishi mumkin.
CONTINUE OPERATORI
Continue operatori esa aksincha, ma'lum bir shart bajarilganda qadam tashlab o'tish uchun mo'ljallangan.
sonlar = list(range(1,11))
for son in sonlar:
if son == 5: # son 5 ga teng bo'lsa tiskl boshiga qaytadi
continue
print(f"{son} ning kvadrati {son**2} ga teng")

Natija: 5 ning kvadrati qani?
son = 0
while son<10:
son += 1
if son%2!=0:
continue
else:
print(son)
while tsikli ichida bir nechta continue operatori ham bo'lishi mumkin.
ABADIY TSIKL TUZOG'I
Tsikllar bilan ishlashda abadiy tsikl yaratib qo'yishdan ehtiyot bo'lishimiz kerak. Abadiy tsiklga turli mantiqiy xatolar sabab bo'lishi mumkin: noto'g'ri shart, o'zgarmas qiymat, kodlar ketma-ketligida xatolik va hokazo.
Kelin ba'zi misollarni ko'ramiz:
# infinite loop
son = 0
while son<10:
if son%2!=0:
continue
else:
print(son)
Yuqoridagi kod abadiy davom etadi, sababi biz son ning qiymatini o'zgartirishni esdan chiqardik.
son = 0
while son<10:
if son%2!=0:
continue
else:
print(son)
son += 1
Bu kod ham abadiy davom etadi, lekin nima uchun?
son = 1
while son>0:
son += 1
if son%2!=0:
continue
else:
print(son)
Yuqoridagi kodda esa xato shart tufayli (son>0) kod abadiy aylanadi.
Dastur bajarilishini to'xtatish uchun konsolda Ctrl+C tugmasini bosing
Download 46.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling