Fanidan tayyorlagan kurs ishi mavzu


Download 152.35 Kb.
bet1/9
Sana24.12.2022
Hajmi152.35 Kb.
#1059585
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Qurbonov Islombek kurs ishi



TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI


FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI
FIZIKA TA’LIM YO’NALISHI
2-KURS 203-GURUH TALABASI
QURBONOV ISLOMBEKNING
FIZIKA OʻQITISH METODIKASI
FANIDAN TAYYORLAGAN
KURS ISHI

Mavzu: Fizikani o’qitish jarayonida o’quvchilarni mustaqil ishlashga o’rgatish
Tayyorladi: ______________
Qabul qildi: ______________

MUNDARIJA


KIRISH. 2
1-BOB FIZIKA HAQIDA MA’LUMOTLAR 5
2-BOB FIZIKANI AMALIYOTDA QO’LLASHINI 9
3-BOB METODIKA 12
XULOSA 21
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI 24


KIRISH.


Agar inson ilm nuri bilan o’z yo’lini yoritmasa,
Zulmat va nodonlik ko’chasida qoladi.
Alisher Navoiy
Ilm nima? Ilmga ta’rif berishdan oldin uni hosil qilish haqida fikr yuritsak. Odamzod ilmni o’rganish orqaligina hosil qiladi. O’rganish esa kishining tafakkuri narsa va hodisalarga kuchi yetganicha aniqlik kiritishidir. Ilmni odam bolasi yaratilganidan boshlab to’xtovsiz ravishda o’rganadi. Hatto o’lim ham insonni o’rganishdan to’xtatib qo’ya olmaydi. Jannat va do’zax hayotida ham o’rganish jarayoni to’xtovsiz va abadiy davom etadi. Ilmni qisqacha biz o’rgangan narsa yoki narsalarning majmuyi desak bo’laveradi. Oyoq kiyimni to’g’ri kiyishdan to quyoshning radiusini bilishgacha bo’lgan barcha narsa(undan uyog’i ham) ILMdir.
Ilm olish butun umr davom etadigan sayohatdek gap. Sayohatingiz davomida sizni hursand qiladigan ba’zan xafa qiladigan ko’pincha asabiylashtiradigan holatlarga duch kelasiz. Bu safarda yo’qolib qolishingiz hech gap emas! Ammo limning afzalligi shularda ko’rinadi-ki,u ko’paygani sayin o’zingiz va atrofingizdagi olamni yaxshiroq taniy boshlaysiz. Ilimning yana bir afzalligi sizni hech narsangiz qolmaganida ham tark etmasligi, ishlatilgani sayin ko’payib borishi va albatta oldingizga qo’ygan maqsadlaringizga ertaroq yetishishingizga ko’maklashishidir. Ilm olish har bir inson uchun ham qarz, ham farz. Kurs ishining dolzarbligi: Hozirgi vaqtda ilm olish uchun barcha imkoniyatlarga egamiz. Xohlagan badiiy yoki ilmiy asarni, qiziqqan kitobimizni topishimiz mumkin. Buning uchun ozgina intilish,qiziqish va istakning o’zi yetarli. Yurtboshimizning ta’lim sohasiga qaratayotgan e’tibori, yaratayotgan imkoniyatlari yanada faol bo’lishga va o’zimizni anglashga, teran fikrlashga undaydi. Bundan tashqari hozirgi vaqtda matematika sohasiga qaratilgan e’tibor juda tez fursatlarda o’z ifodasini topib, iqtidorli yoshlarga ulkan zafarlar eshigini ochmoqda.
Bu fanni yaxshi bilgan bola aqilli, keng tafakkurli bo’lib o’sadi, istalgan sohada muvaffaqiyatli ishlab ketadi,-deb ta’kidlagan Prezident SH.Mirziyoyev.
Maktabda fizika fanini o’qitish jarayonida ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalanish-o’qitish samaradorligini oshirishning yaqqol omili sifatida ko’zga tashlanadi. Chunki yoshlar ongida bu fanga bo’lgan muhabbatni oshirish uchun ularning dunyo qarashiga hamohang tarzda ish ko’rish maqsadga muvofiq bo’ladi. Fizika faqat sonlardan emas balki harflar, ularning majmuyi kabi tushunchalar orqali o’quvchilarni hayotiy tasavvurlari bilan amaliy faoliyatlarini umumlashtira borib, fizika tushuncha va munosabatlarni ular tomonidan ongli o’zlashtirilib borilishiga, bu fanni o’zlashtira olishga intilishlariga turtki beradigan fikr va mulohazalar yurutish zarur deb hisoblayman.

Download 152.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling