Fanidan tayyorlagan kurs ishi mavzu


Download 152.35 Kb.
bet8/9
Sana24.12.2022
Hajmi152.35 Kb.
#1059585
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Qurbonov Islombek kurs ishi

XULOSA


Olamdagi oʻlchash mumkin boʻlgan eng fundamental kattaliklarni aniq tavsiflash (masalan, tezlik, elektr maydon, kinetik energiya). Olamning eng fundamental tavsifini topishga urinish tarixan fizikaning asosiy vazifalaridan boʻlgan, buni quydagi rasm ifodalaydi.
Fundamental degani nima? Fundamental oʻlchash mumkin boʻlgan kattaliklar orasidagi bogʻlanishni topish (masalan, Nyuton qonunlari, energiyaning saqlanish qonuni, maxsus nisbiylik nazariyasi). Bu bogʻliqliklar va qonunlar biz insonlar yaxshiroq tushunishimiz va qoʻllay olishimiz uchun soʻzlar, tenglamalar, grafiklar, jadvallar, diagrammalar, modellar va boshqa yoʻllar bilan ifodalanadi.
Tan olishimiz kerakki fizikani ikkitagina narsaga keltirib qoʻyish biroz qoʻpol soddalashtirish boʻlib, u fiziklar nimalar bilan shugʻullanishi va ular buni qanday qilishi bilan bogʻliq nozik tafsilotlarni nazardan chetda qoldiradi. Ammo murakkab olamni sodda va aniq qonunlar bilan tavsiflash fizikaning ayni mohiyatidir. Shuning uchun ehtimol fiziklarning murakkab faoliyatini aoddiy va aniq taʼrif bilan tasvirlashga urinish unchalik yomon fikr emasdir.
Biz fizikada jismlarning harakati va uning sabablarini tushuntiramiz, ammo biz harakatni qanday tasvirlashni bilmasak, uni tushuntirish qiyin boʻladi. Shu sababli dastlab Bir oʻlchamli harakat va Ikki oʻlchamli harakat mavzularida biz jismlar harakatini qanday qilib aniq tavsiflash va ayrim hollarda ularning harakati qanday boʻlishini oldindan aytishni oʻrganamiz.
Harakatni aniq tavsiflashni oʻrganganimizdan soʻng, Kuch va Nyuton qonunlari mavzusida kuch tushunchasining jismlar harakati nega oʻzgarishini tushuntirish imkonini berishini oʻrganamiz.
Biz saqlanish qonunlari jism haraktini tushuntirishning muqobil yoʻli ekanini koʻrsatish orqali harakat bilan ishlash qobiliyatimizni sayqallash va kengaytirishda davom etamiz. Bu saqlanish qonunlari jism harakatining oʻzgarishini chegaralab beradi. Energiyaning saqlanish qonunini Energiya va ish, impulsning saqlanish qonunini Zarba va impuls mavzularida oʻrganamiz.
Hozirga qadar biz oʻzining aylanma harakatini oʻzgartirmayotgan jismlarni oʻrgandik, Momentlar, kuch momenti va impuls momenti mavzusida esa aylanma harakatni tasvirlash va tushuntirishni hamda yangi saqlanish qonuni–impuls momenti saqlanishini oʻrganamiz.
Darsni rеjalashda ta'lim oluvchilarning ijodiy faoliyatlari qaеrda va qachon, qanday qilib amalga oshirilishini oldindan o’ylab qo’yish zarur. Bunda ta'lim oluvchilarning dars jarayonida tayyorgarligini, ularning motivatsiyasini, bilim, mahorat va malakalarning darajasini, taxminlarini nazariy va eksprеmеntal tеkshirish o’tkaza olish imkoniyatini e'tiborga olish kеrak. Ijodiy masalalarni hal etishdan oldin zaruriy bilimlar egallangan bo’lishi kеrak. Natija olish uchun sharoitlar qanchalik yaxshi yaratilgan bo’lsa, ijodiy faollik shunchalar yu?ori bo’ladi. Dеmak, ta'lim oluvchi qanchalik yaxshi tayyorgarlik ko’rgan bo’lsa, uning ijodiy faoliyati shunchalik yaxshi bo’ladi.
Ta'lim oluvchini ijodiy qobiliyatlarning rivojlanishiga o’rgatish jarayonida o’qituvchi va ta'lim oluvchilarning pеdagogik muomalasining xaraktеri muhim axamiyat kasb etadi.
Darsda yangi matеrialni bayon etishda savol javobli suhbat va muammoli mеtod ta'lim oluvchilarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirishning samarali vositasi hisoblanadi. Bunday suhbatlarda ta'lim oluvchilar orasida o’qituvchi tashkil etgan tortishuv vujudga kеlib, turli harashlar bir-biri bilan duch kеladi. Bunday xollarda tushunchalarni, qonuniyatlar o’quv masalalarini xal etish jarayonida ta'lim oluvchilarning o’zlari kеltirib chiharadilar. Tortishuvni vujudga kеltirish juda katta mеhnat va maxoratni talab etadi, ammo samarasi sarf etilgan mеhnatni oqlaydi.
Ijodiy qobiliyatni rivojlantirishga yordam bеradigan boshqa motivi shakli bo’lib ta'lim oluvchilar jamoasi hisoblanadi. Bunda o’qituvchi bir gurux ta'lim oluvchilar bilan hamkorlikda sh olib boradi.
Bundan tashqari o’quvchilarni o’qitish va bu bilimlarni amaliyotda qo’llashi uchun bir qancha metodallarni qo’llash ularning imkoniyatlarini hisobga olish mumkin.
Optimal tanlangan metodlar qo‘yilgan vazifalarni ajratilgan vaqtda ko‘ngildagidek hal qilish uchun yetarlicha imkon beradi. Ayrim sharoitlar (mavzular) uchun muvafaqqiyatli, samarali bo‘lgan narsa boshqa sharoitlar, boshqa mavzu uchun mutlaqo nomaqbul bo‘lib chiqishi mumkin. O‘qitish metodlarini qo‘llash konkret pedagogik vaziyatga bog‘liqligi sababli, o‘quv jarayonida har bir metodning doimiy salmog‘i qandayligini hisoblash, ko‘rgazmalilik, muammolilik va shu kabilar uchun ma’lum prtsentni belgilash mumkin emas. Qisqa qilib aytganda, har bir pedagogik vaziyatda o‘qitish metodlarini standart tanlash emas, balki tushungan holda va aniqqilib tanlash zarurdir. Bunday tanlashni amalga oshirish uchun ma’lum kriteriyga (mezonlarga) ega bo‘lmoq kerak. O‘qitish metodlarini tanlash quyidagilar bilan:
1. O‘qitishning qonuniyatlari va undan kelib chiqadigan printsiplari bilan.
2. O‘qitishningsh maqsad va vazifalari bilan umumiy holda va mazkur bosqichda xususiy holda. Masalan, agar o‘quv maqsadlari “bilim berish” bo‘lsa: ma’ruza, namoyish, videousul, bahs-munozara, aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, muammoli vaziyat, loyihalash, davra suhbati kabi metodlarni tanlash, agar maqsad “ko‘nikma va malaka” hosil qilish bo‘lsa: laboratoriya ishlari, masalalar yechish, amaliy mashqlar, o‘rt pog‘onali metod, ishbop o‘yin, rolli o‘yin kabi metodlarni tanlash maqsadga muvofiq.
3. Mazkur fanning mazmuni va metodlari bilan umumiy holda , umuman va xususan Shu predmet, mavzular bilan xususiy holda.
4. O‘quvchilarning o‘quv imkoniyatlari.
a) yoshi (jismoniy, psixik imkoniyatlari);
b) tayyorgarlik darajasi (ta’limiy va tarbiyaviy imkoniyatlari);
v) sinf kollektivining xususiyatlari bilan.

Download 152.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling