Shaxsiy brend qachon zarur?
Ikki asosiy holat mavjud:
Sohangizda yuqori raqobat bo‘lsa.
Agar mashhur mutaxassis xizmatlari haqi siznikidan yuqori bo‘lsa.
Odamlar mutaxassislik va tajriba evaziga ko‘proq haq to‘lashga tayyor. Ular xotirjamlik va ishonchni sotib olishni istaydilar.
Odamlarda haq to‘lash istagi paydo bo‘lishi uchun ularning miyasida muayyan mutaxassis obrazini yaratish uchun ko‘p ishlashga to‘g‘ri keladi.
Shaxsiy brend zarur bo‘lgan kasblar juda ko‘p: sartarosh va uslubchidan tortib, shifokor va quruvchigacha, huquqshunos va savdolar bo‘yicha menejyerdan tortib, kopirayter, dizayner va SMM-mutaxassisgacha. San'at sohasini ham yodga olish lozim – rassom, yozuvchi, musiqachi shaxsiy brendsiz to‘laqonli mavjud bo‘la olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |