Brend yaratishning xususiyatlari
Kirish
Asosiy qism:
I.BOB.BRENDNING TURIZMDA O’RNI VA XUSUSIYATLARI
1.1. Turizm sohasida brend tushunchasi
1.2. Muvaffaqiyatli brend yaratish jarayoni uchun 11 oddiy qadam
II.BOB.BREND YARATISHNING XUSUSIYATLARI.
2.1. Brend yaratishning xususiyatlari
2.2. Eng qimmat va mashhur brendlar. Ularning yashirin ma'nolari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Kirish
Mamlakatning ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishida aholiga xizmat ko’rsatuvchi sohalarning o’rni va roli g’oyat sezilarli bo’lib, bunda turizmning ahamiyati boshqa xizmat ko’rsatish sohalariga qaraganda yuqori sur‘atlar darajasida rivojlanishi bilan belgilanadi. Shuning uchun ham keyingi yillarda O’zbekistonda turizmni rivojlantirish bilan bog’liq bo’lgan masalalarga katta e‘tibor berilib, uning turistik salohiyatidan samarali foydalanish yo’llari shakllanmokda.
Buni shundan ham anglash mumkinki, keyingi yillarda uni rivojlantirish va takomillashtirishga qaratilgan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining bir qancha farmon va qarorlari, viloyatlarda esa uning ijrosini ta‘minlashga bag’ishlangan qarorlari qabul qilindi. Bular jumlasiga «O’zbekiston Respublikasida 2006-2010 yillarda xizmat ko’rsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarorini kiritish mumkin. Ushbu qaror bilan xizmat ko’rsatish, servis va turizm sohasini rivojlantirishning mamlakatimiz va hududlar bo’yicha aniq dasturlari ham tasdiqlangan. Bulardan ham ko’rinib turibdiki, ushbu sohada faoliyat yuritadigan sub‘ektlar soni keskin o’sadi, ular ko’rsatadigan xizmatlarning sifati esa zamon talabiga mos ravishda oshadi.
Ma‘lumki, turistik xizmat ko’rsatish va tashkil etishda turoperatorlik xizmatlari asosiy o’rinda turadi. "Turizm to’g’risida"gi qonun bo’yicha o’z turistik mahsulotini shakllantiradigan va unga o’z yo’llanmasini chiqaradigan turistik tashkilotgina turoperator hisoblanadi.
Unga turistik xizmatlar bozorini shakllantirishda alohida o’rin ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |