"brendni boshqarish" fanidan mustaqil ish


  Marketing xizmatini yaratishning xorijiy tajribalari. Xalqaro savdoda


Download 342.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana17.06.2023
Hajmi342.78 Kb.
#1550456
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Umirzaqov Ixtiyor

6. 
Marketing xizmatini yaratishning xorijiy tajribalari. Xalqaro savdoda 
narx belgilash xususiyatlari.
Xalqaro marketing konsepsiyasining mazmuni va uning rivojlanish yo’nalishlari 
tovar va xizmatlar jahon bozori bilan aloqasi xarakteri va kengligiga bog’liq bo’ladi. 
Bu aloqalarni quyidagilar yordamida tavsiflash mumkin:
1. 
Korxona mahsulot eksportchisi ham, importchisi ham bo’lmaydi 
va xalqaro mehnat taqsimotining boshqa hech qanday shakllarida ishtirok 
etmaydi.
2. 
Korxona vaqti-vaqti bilan tayyor mahsulotlarni eksport qiladi 
hamda chet eldan tovar va xizmatlarni import qiladi.


3. 
Korxona xalqaro mehnat taqsimotida import materiallar yoki 
tarkibiy qismlar, nou-xauni iste‘mol qilish orqali ishtirok etadi yoki aksincha, 
u yetkazib beruvchi material va yarim tayor mahsulotlar yakuniy mahsulot 
tarkibida eksport qilinadi.
4. 
Korxona shartnomaviy ishlab chiqarish yoki qo’shma korxona 
shaklida xalqaro sanoat va ilmiy-texnik hamkorliklarda ishtirok etadi. Tashqi 
iqtisodiy faoliyat marketingining o’ziga xos xususiyatlari:
1. 
Tashqi bozorda muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatish uchun juda 
katta va maqsadli yo’naltirilgan hatti-harakatlarni amalga oshirish, marketing 
usullari va tamoyillariga ichki bozorga nisbatan ketma-ketlikda rioya qilish 
lozim.
2. 
Tashqi bozor, uning imkoniyatlari va talablari xalqaro marketing 
faoliyatida ichki bozorni o’rganishga nisbatan murakkab va ko’p mehnat talab 
qiluvchan jarayondir. U tashqi iqtisodiy aloqalar ishtirokchilari tomonidan 
mos keluvchi bo’linmalar tuzish hamda mamlakatdagi yoki xorijiy 
maslahatchi firmalarning axborot imkoniyatlarida foydalanishni talab qiladi.
3. 
Tashqi bozor talablariga javob berish tashqi bozorga chiqqanidan 
bir necha yil o’tgandan so’ng ham raqobatbardoshlik ko’rsatkichlarini saqlab 
qoluvchi tovarlarni tayyorlash va ishlab chiqarishni anglatadi. Xalqaro 
marketing faoliyatining aspektlari quyidagilar hisoblanadi:
• 
mavjud yoki kutilayotgan xorijiy talabni aniqlash yo’li bilan u 
yoki bu mahsulot (tovar, xizmat) turini ishlab chiqarish;
• 
xalqaro bozor talablarini raqobatchilar ishlab chiqaruvchi 
tovarlarga nisbatan to’laroq qondiruvchi tovar (xizmat) ishlab chiqarish;
• 
chet ellik iste‘molchilar 
talabiga 
javob beruvchi
mahsulot 
yaratish bo’yicha ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik 
ishlarini (ITTKI) tashkil etish;
• 
xalqaro bozor va uning strukturasi, muayyan iste‘molchilar talabi 
dinamikasi, chet ellik iste‘molchilar talabi va hohish istagi to’g’risida 
ma‘lumotlar to’plash;
• 
ishlab chiqarish, sotish va moliyaviy faoliyatni xalqaro bozor 
manfaatlarini hisobga olgan holda muvofiqlashtirish va rejalashtirish;
• 
tovar mahsulotlarini sotish usullarini takomillashtirish;
• 
xalqaro bozorda ratsional tovar harakatlanishi;


• 
tovar va xizmatlarni sotish sohasida xalqaro nazorat;
• 
ishlab chiqarish va sotish sohasidagi bosh maqsadlarga erishish 
maqsadida bozor subyektining faoliyatini tartibga solish.

Download 342.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling