Bright future
Download 35.82 Kb.
|
Biznes reja
- Bu sahifa navigatsiya:
- Biznes reja maqsadi
“BRIGHT FUTURE” xususiy ta’lim muassasasini tashkil etish BIZNES REJASI Tashkilot rekvizitlari: Tashkilot nomi: “BRIGHT FUTURE” xususiy ta’lim muassasasi Korxona rahbari: Sobirjonov Asadbek Shuhrat o’g’li Bank hisob raqami: 12345567890123348668 Tashkilot manzili: Namangan viloyati, To’raqo’rg’on tumani, Buramatut qishloq, Beruniy mahallasi 7A uy, Mo’ljal: sobiq “Buramatut qishloq selsoveti” , 2-qavat. Faoliyat turi: xizmat ko’rsatish Mashsulot turi: ta’lim Biznes reja maqsadi: Yoshlarni oily ta’lim bilan yanada kengroq qamrab olish, oliy ta’lim tashkilotlari o’rtasida sog’lom raqobatni kuchaytirish maqsadida, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-iyundagi “Davlat oliy ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilish jarayonlarini tashkil etish to’g’risida”gi PQ-279-son qaroriga binoan bu jarayonni sifatli tashkil etish. Yoshlarni bo’sh vaqtlarini samarali o’tkazishlarini ta’minlash. Ta’lim berish sifatini oshirish maqsadida malaka oshirish kurslarini tashkil etish. Aholi o’rtasida internetdan samarali foydalanish madaniyatini shakllantirish. Yoshlar o’rtasida kompyuter savodxonligini oshirish. Talab: Hozirgi kunda Buramatut, Mozorko’hna, Xo’jand, Gulsqishloq kabi atrofdagi qishloqlarida 3500 nafardan ziyod yuqori sinf o’quvchilari o’rta ta’lim maktablarida tahsil olishmoqda. Lekin ushbu maktablarda ta’lim berish sifati qoniqarli darajada emasligi tufayli 850 dan ziyod o’quvchilar shahar va tuman markazlariga qatnab qo’shimcha darslar orqali o’z bilim va salohiyatlarini oshirishmoqda. Umumiy hisobda 1700 dan ziyod o’quvchilar esa darsdan tashqari turli xil kasb – hunarlar bilan band bo’lishadi. Qolgan 950 yoshlar esa bo’sh vaqtlari mazmunli darajada o’tayotgani yo’q. Biznes rejamiz maqsadi esa ushbu 800 nafar yoshlarning 30 foizini ya’ni qariyb 250 ga yaqin yoshlarni sifatli va zamonaviy ta’limga qamrab olish hisoblanadi. Bulardan 50 foizi ya’ni qariyb 125 – 130 nafarga yaqin yoshlar asosiy fanlar(matematika, ona tili va chet tillari)ni chuqur o’rganishga yo’naltiriladi. 15 – 20 foizi ya’ni 35 dan ziyod yoshlar tibbiyot sohasiga oid yo’nalishlar(davolash ishlari, uy hamshiraligi, farmatsevtika)ga yo’naltiriladi. Qolgan 25 – 30 foiz o’quvchilar esa tabiiy va gumanitar fanlarni chuqur or’ganishga yo’naltiriladi. Albatta, o’quvchilarning salohiyatlarini hisobga olgan holda albatta. Download 35.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling