Broun harakati 191-biologiya: Bekberganov. A
Download 10.13 Kb.
|
Broun harakati 191-biologiya Bekberganov. A-fayllar.org
DiffuziyaDiffuziya- turli xil atomlar yoki molekulalar bir jinsli bo’lmagan konsentratsiyasining o’zidan o’zi baravarlashishi. Agar idish turli gazlar porsiyalarini kiritsak, birmuncha vaqt o’tgandan so’ng barcha gazlar bir tekis aralashadi: idishning hajmi birligida har xil molekulalar soni o’zgarmay qoladi,konsentratsiya baravarlashadi. Agar suv bilan siyohni ingichka (konveksiya bo’lmasligi uchun ) propirkaga, kapillyarga ehtiyotkorlik bilan solinsa, avval aniq bo’lgan aralash chegarasi yoyila-boshlaydi va oxir oqibatda suyuqliklar aralashib ketadi. Agar qattiq jismlar bir-birida erisa, ularning atomlari ham aralshadi.Faqat bu prosess ancha sekin kechadi, shuning uchun qattiq jismlardagi diffuziya faqat o’tgan asrning oxiridagina birinchi marta kuzatildi.O’zaro aralashib ketish atomlar yoki molekulalar (yoki boshqa zarralar)uning tartibsiz daydishi natijasidir. Bu hodisa zarralarning issiqlik harakatlari tufayli amalga oshadi. Diffuziya vaqtida zarralarining harakati mutlaqo tasodifiydir: zarraning navbatdagi siljish yo’li ixtiyoriydir, siljishning barcha yo’nalishlari teng ehtimollidir. Ma’lumki tartibsiz harakatda alohida zarraning t vaqt ichida o’tadigan siljishini avvaldan aytish mumkin emas : zarralardan biri o’z joyidan deyarli qo’zg’laymaydi, boshqalari esa anchagina uzoqa ketishi mumkin. Faqat barcha zarralarning o’rtacha siljishi to’g’risidagina gapirish mumkin. Bu masala zarralarning Broun harakatilariga nisbatan birinchi marta 1905 yilda A.Enshteyn tomonidan va bir yil keyin polyak fizigi M.Smoluxovkiy tomonidan hal qilindi. Ma’lum bo’lishicha, diffuziya yo’li, ya’ni diffuziyada dastlabki vaziyatdan siljish, diffuziya vaqtidan olingan kvadrat ildizdan proporsional bo’lar ekan: Bu yerda D-diffuziya koeffisenti
Download 10.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling