Broun harakati 191-biologiya: Bekberganov. A


Download 10.13 Kb.
bet1/4
Sana03.03.2023
Hajmi10.13 Kb.
#1243493
  1   2   3   4
Bog'liq
Broun harakati 191-biologiya Bekberganov. A-fayllar.org


Broun harakati 191-biologiya: Bekberganov. A

BROUN HARAKATI

191-biologiya:Bekberganov.A

REJA:

1.Broun harakati.


2.Diffuziya hodisasi.
3.Broun harakati va diffuziya hodisasini farqi
4.Xulosa

Broun harakati

1927 yilda ingliz botanigi R.Broun gul changining


Suvda muallaq yurgan zarralarini mikroskop orqali
kuzatadi.Ko’rgan narsasi uni xayron qoldiradi.
Bu haqida u shunday deb yozadi:’’O’lchamlari juda
kichik, uzunligi dyumining to’rt mingdan biridan
besh mingdan birigacha ulushicha kichik (ya’ni 5-6
mm), suvga botirilgan zarralar yoki donalar bilan
Ishlashda ularning ko’chligini harakatda bo’lishini
kuzatdim… Bu harakatlar shunday ediki, juda ko’p
takroriy kuzatishlaridan sing, men bu harakatlar
suyuqlik oqimlarida emas, va uning doimiy bug’la
-nishdan emas balki zarralarning o’ziga tegishli
ekaniga ishonch hosil qildim”
Broun, shuningdek, zarralarning juda xilma-xil traektoriyalar chizib harakatlanishini ta’kidladi; ular tartibsiz harakatlanar endilar. Broun harakatlarining sababini faqat 50yildan so’ng real tushuntirib berish mumkin bo’ldi. U vaqtlarda atomlar va molekulalarning mavjudligiga ko’pchlik ishonmas edi, har holda to’g’ri ekspiremental isbotlar yo’q edi. Shuning uchun avval zarrachalar o’zlariga xos “hayot kuch” hisobiga harakatlanadi, deb faraz qilinar edi, chunki ular organik kelib chiqishga ega edilar.
Biroq, Broun tajribalari ko’p marta va turli xil, shu jumaladan noorganik, mayda zarrachalarda takrorlanganda, effekt universal ekanligi va u hech qanday tashqi omillarga
(temperaturadan tashqari) bog’liq emasligini aniqladi. Temperatura ortishi bilan broun zarrachalari harakat intevsivligi sezirali darajada ortib bordi.
O’tgan asrning 70- yillari oxirigiga kelibgina broun harakatning sabablarini suyuqlik molekulalarining shu suyuqlikda muvallaq yurgan zarralar sirtiga urilishi bilan bog’lay boshladilar. Agar zarra katta bo’lganda edi, molekulalar uni har tomondan bir tekis itargan bo’lar va muallaq zarra joyida qo’zg’almay turar edi.Biroq kichik zarrachaning sirti ham kichik bo’lgani uchun turtishlar bir-birini muvozanatlamaydi. Teng ta’sir qiluvchi kuch nolga teng emas, har doim kattaligi va yo’nalishi o’zgarib turadigan, natijada zarra suyuqlikda tasodifiy daydib yuradi.
Broun harakatining dastlabki miqdoriy nazariyasi 1905 yilda paydo bo’ldi. Uning muallifi A.Enshteyn bo’lib u “Tinch holatdagi suyuqlikda muallaq zarralarning issiqlikning molekulyar-kintetik nazariyasi talab etagan harakati” nomli ishni e’lon qildi.
A.Enshteyn o’z ishida, broun zarralarning tasodifiy daydib yurishini quydagicha izohlash mumkinligini ko’rsatdi: ular issiqlik harakatida o’zlari muallaq yurgan muhitdagi molekulalar bilan baravar ishtirok etadi, bunda o’rtacha o’shanday kintetik energiyaga,ammo massalari ancha katta bo’lganligi uchun ham kichik tezlikga ega bo’ladi.Zarraning ma’lum vaqtdagi
Siljishini o’lchab uning radiusini va suyuqlikning yopishqoqligini bilgan holda, Avogadro sonini hisoblash mumkin.
Enshteyn nazariyasini fransuz fizigi J.Perren tajribada tasdiqladi. U mikroskopik zarralarning maxsus tayorlangan emulsiyasida taqsimlanishini o’rganishga qaror qildi. Perren 1906 yilda o’z hodimlari bilan bunday tajribalar seriyasini boshladi. Bir xil o’lchamli zarralardan iborat emulsiya tayyorlash eng qiyin ish edi.
Bir qator muvaffaqiyatsizliklardan so’ng Perren bunday zarralarni gummigut – bazi daraxtlarning sutiga o’xshash shirasidan olinadigan smolali moddadan va mastikadan smolalarning bir turidan olish muvaffaq bo’ldi. Zarur zichlikka erishish uchun zarralar 12% suv qo’shilgan glitseringa solinadi.
Tajribalar quyidagidan iborat edi: bir tomchi emulsiya 0.1mm chuqurlikdagi va qoplama shisha bilan zich yopiladigan yassi kyuvetga joylashtiriladi. Emulsiya zarralarining holati ma’lum vat oralig’ida maxsus mikroskop yordamida kuztib turildi. Rasmda uchta gummigut zarrasining traektoriyasi ko’rsatilgan . Doirachalr zarralarning teng vaqt oraliqlaridagi vaziyatga to’g’ri keladi.Zarralarning harakati mutlaqo tasodifiy ekani ko’rinib turibdi.: har bir siljishning uzunligi ixtiyoriy, hamma harakat yo’nalishlari tartibsiz, oldindan aytib bo’lmaydi

Download 10.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling