BT va STI 198- guruh 4-bi=ozqich talabasi Gaipova Sadoqatning Quyosh sistemasi mavzusida tayyorlagan taqdimoti Mavzu: Quyosh sistemsi Quyosh - Quyosh sokin bir osmon jismidek ko'rinsa-da, aslida u yirik va quvvatli fizik jarayonlarni «boshidan kechirayotgan» yulduzlardan biri hisoblanadi. Shu tufayli Quyoshni o'rganish har jihatdan barcha tabiiyot fanlari uchun, ayniqsa, fizika fani uchun juda katta ahamiyat kasb etadi. Quyosh milliardlab yulduzlarning bir vakili bo'lib, kattaligi va temperaturasiga ko'ra o'rtacha yulduzdir. Biroq planetamiz — Yer, uning yo'ldoshi sifatida boshqa yulduzlarga nisbatan Quyoshga millionlab marta yaqin bo'lganidan, yulduzlardan farq qilib, Quyosh bizga kattagina burchak (32') ostida ko'rinadi.
Quyosh
Quyosh sirtining temperaturasi Selsiy shkalasida 5800 gradus atrofida bo'lib. bu temperatura markazga tomon ortib boradi va uning yadrosida taxminan 16 million gradusga yetadi. Quyosh chiqarayotgan nurlanish energiyasi miqdorining qanchalik kattaligini quyidagi misoldan ko'z oldimizga yaqqol keltirishimiz mumkin. Quyoshning 1 sekund davomida chiqarayotgan energiyasi 4 - 1026 J bo'lib, 12 ming trillion tonna ko'mirni yoqqanda ajraladigan energiya miqdoriga tengdir. Garchi uning Yerga tushayotgan energiyasining miqdori ham kam bo'lmasa-da, biroq u Quyoshdan ajralayotgan butun energiyaning atigi 2 milliarddan bir qisminigina tashkil qiladi.
1- sayyora MERKURIY - Merkuriy yoki Utorud - Quyosh sistemasidagi Quyoshga eng yaqin sayyora. Merkuriy Quyosh chiqishi oldidan va botgandan soʻng uning yaqinida koʻrinadi. Merkuriyning diametri 4865 km; massasi 3,304–1023 kg; Oʻrtacha zichligi 5,52 g/sm3. Merkuriyning Quyoshdan oʻrtacha uzoqligi 0,387 astronomik birlikka (58 mln. km), Quyosh atrofidagi ekssentrisiteti ye=0,206 ga teng Merkuriyning Quyosh atrofida aylanish davri 88 sutka.
2-sayyora VENERA - VENERA, Zuhra — Quyosh sistemasining Kuyoshdan uzoqligi jihatdan ikkinchi sayyorasi. Quyoshdan oʻrtacha uzoqligi 0,723 astronomik birlik (108,3 mln. km), massasi Kuyosh massasining 0,9528 ulushini tashkil etadi, oʻrtacha zichligi 5,27 g/sm³ (Yerniki 5,5 g/sm³) orbita ekssentrisiteta — 0,0068 (yaʼni Quyosh atrofida aylanish yoʻli deyarli doyra), orbita tekisligi ekliptika bilan 3°23’7" burchak tashkil etadi. V. orbitasida 35 km/sek tezlik bilan harakatlanib, Quyosh atrofini 224 sutka 14 soat 49 min. (0,62 yil) da toʻla bir marta aylanib chiqadi. V. aylanish oʻqining fazodagi vaziyati va oʻz oʻqi atrofida aylanish davri haqida aniq maʼlumot yoʻq. 1961-yildan boshlab sobiq Ittifoq va AQShda oʻtkazilgan baʼzi radiolokatsion kuzatishlarga qaraganda, V. oʻz oʻqi atrofida soat miliga teskari tomonga aylanadi. Aylanish davri 117 kun.
3-Sayyora Yer - Yer — Quyosh sistemasidagi Quyoshdan uzoqligi jihatdan uchinchi (Merkuriy, Venera sayyoralaridan keyin) sayyora. U oʻz oʻqi atrofida va aylanaga juda yaqin boʻlgan elliptik orbita boʻyicha Quyosh atrofida aylanib turadi. Hajmi va massasi jihatidan Yer katta sayyoralar ichida (Yupiter, Saturn, Uran, Neptundan keyin) beshinchi oʻrinda. Yerda hayot borligi bilan u Quyosh sistemasidagi boshqa sayyoralardan farq qiladi. Biroq, hayot materiya taraqqiyotining tabiiy bosqichi boʻlganligi sababli Yerni koinotning hayot mavjud boʻlgan yagona. kosmik jismi, hayotning Yerdagi shakllarini esa mavjudotning yagona shakllari deb boʻlmaydi.
Yerning Tabiiy yo’ldoshi Oy - Oy - Yerning yagona tabiiy yo‘ldoshi. Quyosh tizimidagi tabiiy yo‘ldoshlar ichida kattaligi bo‘yicha 5 o‘rinda turadi. Yerdagi kuzatuvchi uchun Oyning ko‘rinadigan yulduz kattaligi —12,71m, ya’ni Oy, ravshanligi bo‘yicha Quyoshdan keyingi ikkinchi o‘rinda turuvchi osmon jismidir. Oyning yerni yoritish ko‘rsatkichi 0,25 - 1 lyuksni tashkil qiladi. Oy Yerdan tashqaridagi inson qadami yetgan yagona astronomik obyektdir. Oyda atmosfera deyarli yo‘q. Oyning Quyosh bilan yoritilmagan tarafidagi yuza qismida, gazlar miqdori 2,0·105 zarracha/m3 dan ortmaydi. Quyosh chiqib, sirtni qizdira boshlagach, Oy guruntining qizishi natijasida undan gazlarning ajralib chiqishi sodir bo‘ladi va zarrachalar miqdori biroz ko‘payadi. Atmosferaning mavjud emasligi, Oy sirtida keskin haroratlar farqiga sabab bo‘ladi va u kunduzi +120 ºC gacha isiydi. Kechasi esa ‒170 ºC gacha tushib ketadi.
MARS, URAN ,NEPTUN, YUPITR ,SATURN 4-Sayyora MARS E’tiboringiz uchun katta raxmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |