Bts-2-22 gurux talabasi Abdupattayeva Dilafruzning Husnixat o’qitish metodikasi fanidan tayorlagan 1-mustaqil topshirigʻi. Mavzu
Download 26.56 Kb.
|
1 2
Bog'liqXusnixat 1-topshiriq
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kirill alifbosi
- Foydalaniladigan adabiyotlar ro’yhati
Kirill yozuvi — qadimiy slavyanlarning ikki alifbosidan biri (ikkinchisi — glagolitsa). "Kirill" atamasi xristianlikning slavyanlar orasidagi targʻibotchisi Kirill nomi bilan bogʻliq. Kirill alifbosi yunonlarning unsial yozuvi asosida paydo boʻlgan. Slavyanlardagi tovushlarni ifodalash uchun mazkur yunon yozuvida harflar (jami 24 ta) yetishmas edi. Bu tovushlar uchun maxsus (baʼzilari glagolitsa bilan bogʻliq holda) belgilar yaratildi.
Kirill alifbosining qadimiy yodgorliklari qadimiy bulg'or Mostich (10-asr), shoh Samuil (11-asr) qabrtosh xatlari, Suprasl (16-asr) yilnomasi va boshqa; sharqiy slavyanlar boʻyicha esa Ostromir Injili, Beresta (qayin poʻstlogʻiga yozilgan) yorliqlari va boshqalardan iborat. Kirill alifbosini dastlabki pravoslav slavyanlar va, shuningdek, ruminlar (19-asrgacha) qoʻllagan. Kirill alifbosining tarkibi va shakllari vaqt-vaqti bilan oʻzgartirib turilgan. Rossiyada 1708-yil Petr I farmoyishiga koʻra, bosma Kirill alifbosi raqami isteʼmoldan chiqarilgan. Bolgar, belorus, rus, serb, ukrain yozuvi slavyan Kirill alifbosi asosida (qoʻshimcha harflar va diakritik belgilar kiritish bilan) yaratilgan. Koʻpgina xalqlar rus tilida 1930—40-yillarda amalda boʻlgan kirill alifbosiga ayrim oʻzgartirishlar kiritib, oʻz yozuvlarini belgiladilar. Oʻzbekistonda 1940 yil mazkur yozuvdan щ, ы harflarini chiqarib tashlab, ў , қ , ғ , х, harflarini ilova qilgan holda rus kirill alifbosi qabul qilindi. 1996-yil lotin yozuvi asosidagi oʻzbek alifbosiga oʻtila boshlandi.[1] Kirill alifbosi – yozuv tizimidir. Bugungi kunda bu yozuvdan koʻp xalqlar foydalandi. Hozirda oʻzbek tili uchun kirill yozuvidan lotin yozuviga qadam-baqadam oʻtish amalga oshirilmoqda. Oʻzbek qoʻshimcha xarflari bilan, u quyidagi xarflardan iborat: Lotin alifbosi, lotin yozuvi — Qadimgi Rimda uncha katta boʻlmagan Latsiy viloyatining («lotin» soʻzi ham shundan), xususan, uning markazi Rim shahrining yozuvi, harfiy yozuv; gʻarbiy yunon yozuvi asosida paydo boʻlgan. Mil. av. 9—8-a. larda hozirgi Italiya hududiga kirib kelgan alifboli yunon yozuvi asta-sekin rivojlanib, faqat mil. av. 4—3-a. lardagina mustaqil Lotin alifbosi yuzaga kelgan. Ushbu yozuvdagi eng qadimgi yodgorliklarda (mil. av. 6—4-a. lar) yozuv yoʻnalishi ham oʻngdan chapga, ham chapdan Lotin alifbosi oʻngga boʻlgan, mil. av. 4-a. dan keyingina chapdan oʻngga qarab yozish barqarorlashgan. Bu davrdagi yozuvda tinish belgilari boʻlmagan, harflar bosh (katta) va kichik harflarga ajratilmagan. Lotin alifbosida dastlab 20 ta harf boʻlgan, mil. av. 1-a. dan boshlab yunon tilidan kirgan soʻzlarni yozish uchun Y, Z harflari qoʻllana boshlagan. Ushbu alifbo oʻrta asrlarda koʻplab shakl oʻzgarishlariga uchragan xrlda rivojlanishda davom etadi. 11 – a. da W harfi, 16-a. da xa J va V harflari alifboga kiritiladi. Keyingi rivojlanish davrida, kitob bosish ishlari yoʻlga qoʻyilganidan keyin, tinish belgilari, diakritik belgilar paydo boʻldi, bosh va kichik harflar farqlana boshlandi. Hozirgi lotin alifbosi 2 xil tipografik shaklga ega: asl lotin harflari (ikkinchi nomi — «antikva») va got yozuvi («fraktura» deb ham ataladi). Ularning birinchisi, yaʼni lotin harflari eng qad. alifboga yaqin boʻlib, hoz. amaliyotda, asosan, ana shu harflardan foydalaniladi. Rim imperiyasi qulagach, xususan, 8-a. dan eʼtiboran Lotin alifbosi Gʻarbiy Yevropadagi koʻplab xalqlarning yozuv tizimlari uchun asos boʻldi. Hozirgi davrda dunyo tillarining 30—35%i lotin alifbosidan foydalanadi. Oʻzbekistonda ham 1929—40 y. larda shu alifbo asosidagi oʻzbek yozuvi amalda boʻlgan (qadimgi Yozuv, Oʻzbek lotin alifbosi). Milliy yozuv tizimlari Lotin alifbosiga asoslangan xalqlarning alifbolaridagi harflar tarkibi, albatta, qadimgi Lotin alifbosidan farq qiladi. Lotin alifbosining tegishli fonetik tizimlarga moslashuvi diakritik belgilarni kiritish orqali amalga oshiriladi.
Foydalaniladigan adabiyotlar ro’yhati 1.X.G’ulomova, H.Bakiyeva, A.Yemberganova. Husnixat va uni o’qitish metodikasi. Toshkent.-2021. 2. Y.Y.Azimov, R.A.Qo`ldoshev. Husnixatga o’rgatishning amaliy asoslari. - Toshkent: Turon Zamin Ziyo nashriyoti, 2017.- 132 b 3.S.Matchonov, H.Bakiyeva, X.G’ulomova,Sh.Yo’ldosheva, G.Xolboyeva. Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi. Toshkent-2021. 4.Internet ma’lumotlari Download 26.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling