Bu atamaning boshqa maʼnolari ham mavjud. Qarang: Ohak (maʼnolari)


Download 20.82 Kb.
Sana13.12.2022
Hajmi20.82 Kb.
#999815
Bog'liq
Bu atamaning boshqa maʼnolari ham mavjud


Bu atamaning boshqa maʼnolari ham mavjud. Qarang: Ohak (maʼnolari).
Ohak — qurilish materiali. Ohaktosh, boʻr va boshqa karbonatli jinslarni 900° dan 1100 °C temperaturada kuydirib, ishlov berib olinadi: CaCO3 <=t CaO + CO2 T. Kalsiy oksid CaO — soʻndirilmagan Ohak, kalsiy gidroksid Ca(OH)2 esa soʻndirilgan ohak deb yuritiladi (qarang Kalsiy). Ohak qadimdan qovushqoq material sifatida ishlatib kelingan. Mil. av. 3000—2500-yildayoq Ohakning qum va suv bilan qorishmasidan turli inshootlar qurishda, tosh va gʻishtni biriktirishda, devorlarni suvashda hamda boʻyoq tayyorlashda foydalaniladi.
Ohak boʻlak va kukun holida ishlab chiqariladi. Kimyoviy tarkibiga qarab, havoda qotuvchi va gidravlik xillarga boʻlinadi. Havoda qotuvchi Ohak, asosan, kalsiy va magniy oksidlaridan iborat. Gidravlik Ohak tarkibida, bundan tashqari, ancha miqdorda kremniy, alyuminiy va temir oksid boʻladi. Havoda qotuvchi Ohak qurilish qorish-malari va betonning quruq havoda qotishini, gidravlik Ohak havoda ham, suvda ham qotishini taʼminlaydi. Ohak qurilishda, metallurgiyada, kimyo sa-noatida, qand, qogʻoz, shisha buyumlar, oyna ishlab chiqarishda, shuningdek, suvni tozalash va boshqa maqsadlarda keng qoʻllanadi.[1]
HAKTOSHLAR
9 февраля, 2021 от admin
OHAKTOSHLAR — karbonatli choʻkin-di togʻ jinslari. Tarkibi 50%dan ortiq kalsitdan yoki organizmlarning skeleti koldiklaridan, baʼzan aragonit minerali (SaSO3)dan iborat. Koʻpincha tarkibida autigen, diagene-tik va epigenetik minerallar, chakiq (terrigen va karbonat) zarralar aralashmasi uchraydi. Ohaktoshlarning tarkibida 4 — 17% gacha MgO boʻlsa, dolomitli Ohaktoshlar ; 6 — 21% SiO2+R2O, — mergelli Ohaktoshlar ; kvars, opal va xalsedon koʻshilsa — qumtoshli va kremniylashgan Ohaktoshlar deb yuritiladi. Strukturasi kristalli, organogen-chakikli, chaqikli-kristalli va sizib toʻplangan (travertin, ohakli tuf) turlari fark qilinadi. Rangi oqish, sargʻish, boʻzrang. Koʻpin-cha ohaktosh ichida chigʻanoqlar ham boʻladi. Hosil boʻlishiga koʻra, organogen, xemogen yoki kimyoviy, chaqiq boʻladi. Tarkibidagi jins hosil kiluvchi organizmlarning koʻpligiga koʻra, organogen Ohaktoshlar, foraminiferali, marjonli, suvoʻtli va b. ; xemogen va chaqiqlari (zarralar) ning kattaligiga karab bir necha xilga boʻlinadi. Metamorfizm na-tijasida Ohaktoshlar marmarta aylanadi. Ohaktoshlar eng koʻp tarkalgan choʻkindi togʻ jinslaridan biri, Yerning turli relf shakllarida ishtirok etadi. Ohaktoshlar barcha yoshdagi (tokembriydan toʻrtlamchi davrgacha) yot-qiziqlarda uchraydi. Ohaktoshlarning fizik-mexanik xossalari ularning strukturasi va tuzilishiga bogʻlik boʻlib, juda keng chegarada oʻzgaradi, mas, hajmiy ogʻirligi 800 kg/m3 dan (chigʻanoqtoshlar, travertin) 2800 kg/m3 gacha (kristalli strukturali Ohaktoshlar). Chigʻanoq-toshlar va gʻovakli Ohaktoshlar nisbatan oson kesiladi hamda yoʻniladi, kristalli Ohaktoshlar esa, yaxshi silliklanadi. Ohaktoshlar sanoatda, q. x. va qurilishda keng qoʻllaniladi. Qora metallurgiyada rudaning eri-shini oshirish va shlak hosil qilish uchun qoʻshiladigan modda (flyus) si-fatida; ohak va sement i. ch. da xom ashyo; soda, mineral oʻgʻitlar, shisha, qogʻoz i. ch. da, neft mahsulotlarini tozalash va b. jarayonlarda qoʻshimcha modda sifatida ishlatiladi. Ohaktoshlar muhim qurilish materiallari guruhini tashkil qiladi, ulardan qoplovchi va bezak toshlar, haykaltaroshlik va meʼmorlikda ishlatiladigan toshlar va h. k. tayyorlanadi. Oʻzbekistonda koʻplab Ohaktoshlar qazib olinadigan konlar, yirik i. ch. birlash-ma korxonalari («Oʻzsanoatqurilishmateriallari», «Oʻzavtoyoʻl», Navoiy va Olmaliq kon-metallurgiya k-tlari va b.) tomonidan ishlatilmokda.
Download 20.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling