Bu hayotda madaniyat va sanʼat sohasi daxldor boʻlmagan hech bir kasb yoki mutaxassislikni topish qiyin. Quruvchi madaniyatli boʻlsa, oʻz ishini sanʼatkorona bajaradi
Download 14.68 Kb.
|
Документ
Insoniyat tarixida har qanday millat asrlar davomida shakllangan va davr sinovlaridan oʻtgan milliy-maʼnaviy qadriyatlari, madaniyati va tarixiy xotirasi bilan yashasagina maʼlum kuch-qudratga ega boʻlishini koʻrsatuvchi dalillar koʻp. Bunda qadriyatlar mohiyatini qay darajada anglash muhim ahamiyat kasb etadi. Shubha yoʻqki, oʻzbek xalqi oʻzining buyuk davlatchilik tarixi, urf-odat va anʼanalari, dunyo tamadduni rivojiga qoʻshgan hissasi, jahon hamjamiyati haqli ravishda eʼtirof etayotgan milliy xususiyatlari bilan ana shunday millatlar qatoriga kiradi. Yangi Oʻzbekiston oldida turgan yangi vazifalar ichida ushbu buyuk maqomni yana-da yuksak pogʻonaga koʻtarish, xalqimizning intellektual darajasini rivojlanish alohida ahamiyatga ega. Shu bois, biz bugun milliy taraqqiyotning yangi choʻqqilarini egallash yoʻlida dadil odimlamoqdamiz. Shu boisdan ham, mamlakatimizda iqtisodiy oʻsishga erishish, xalq hayotining farovonlashuvini taʼminlash uchun davlatimiz rahbari taklif etayotgan yangi istiqbolli yoʻllar tanlanmoqda. Bunda odamlarning ijtimoiy faolligi, tashabbuskorlik, fikr erkinligi, iqtisodiy ragʻbat muhim ahamiyatga ega boʻladi. Eʼtirof etish joizki, mohiyatan ham, mazmunan ham yangi islohotlar davrida davlat yetakchisining u yoki bu sohaga alohida eʼtibor qaratishi, ayni shu sohadagi yutuq va kamchiliklarning xolisona tahlili, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish zarurligi xususidagi koʻrsatmalari ishga unum baxsh etadi. Chunonchi, Prezidentimizning “Madaniyat va sanʼat sohasining jamiyat hayotidagi oʻrni va taʼsirini yana-da oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni haqida ham ayni shunday fikrni bildirish mumkin. Inson hayotining barcha sohalari –iqtisod, siyosat, qishloq xoʻjaligi, qurilish yoki taʼlim sohasi boʻlsin, ularning barchasi milliy madaniyat komilligiga tayanadi. Bu hayotda madaniyat va sanʼat sohasi daxldor boʻlmagan hech bir kasb yoki mutaxassislikni topish qiyin. Quruvchi madaniyatli boʻlsa, oʻz ishini sanʼatkorona bajaradi. Ustoz komillikka erishgan boʻlsa, shogirdlarini maʼnaviyatning yuksak choʻqqilariga boshlaydi. Madaniyat va sanʼat arboblari, ijodkor ziyolilar millatning maʼnaviy-axloqiy qiyofasini belgilaydi, u yoki bu masala yuzasidan jamoatchilik fikrining toʻgʻri shakllanishiga muhim hissa qoʻshadi. Shu maʼnoda ushbu Farmonni tarixiy deyish mumkin. Maʼlumki, har qanday jamiyat hayotida rivojlanish madaniy va milliy qadriyatlarga tayanmasa yoxud xalq, millat oʻzining kim ekanini anglashga yetarli darajada erishmagan boʻlsa, bunday rivojlanish xoh iqtisodiy, xoh ijtimoiy sohada boʻlsin, kutilgan samarani bermaydi. Bunga yaqin oʻtmishimizdan koʻplab misollar keltirish mumkin. Xususan, koʻpgina davlatlarning boshqa madaniyatlar “panohi”da rivojlanish yoʻlini tanlashi yoki shunga urinishi qanday natija berganiga oʻzimiz ham guvohmiz. Aynan ana shu nuqtai-nazardan xalqimiz madaniyati va sanʼatini rivojlantirish, har tomonlama boyitish, uning maʼnaviy poydevorini mustahkamlash jonajon yurtimizni rivojlantirish dasturlarining asosiy maqsadlaridan biri ekanligini Davlatimiz rahbari bejiz taʼkidlayotgani yoʻq. Madaniyatimiz, milliy qadriyat va milliy maʼnaviyatimizni asrab-avaylash, ularning umuminsoniy va umummilliy qadriyatlar bilan hamohangligiga erishish partiyamizning asosiy maqsadlardan biridir. Davlatimiz rahbarining ushbu Farmoni milliy qadriyatlarimizdan dunyoviy rivojlanishning ajralmas qismi sifatida foydalanish kabi ezgu maqsadga erishishimiz uchun bizga juda keng imkoniyatlar yaratishi shubhasiz. Prezidentimiz Farmoni bilan madaniyat va sanʼatning hayotimizdagi oʻrniga toʻgʻri baho berilganini soha vakillari ham alohida eʼtirof etmoqdalar. Mutafakkirlardan biri “Sanʼat, agar chinakam sanʼat boʻlsa, eng avvalo kim uchun yaratilgan boʻlsa oʻshalarga xizmat qilishi lozim”, degan ekan. Davlatimiz rahbari Farmoni tag zaminida xalqimiz, ayniqsa, yangi avlodni qadriyatlarimizga yaqinlashtirish va tarbiyalash maqsadi mujassam ekanini taʼkidlash joiz. Tan olish kerak, eng yangi tariximizda dunyoning koʻplab davlatlarida yoshlar ongiga yot gʻoyalarni qasddan singdirish, jamiyatlarni gʻoyasizlantirish, oʻsib kelayotgan yangi avlod vakillarini vatanparvarlik, kuyunchaklikka emas, befarqlikka daʼvat etish harakatlar ildiz otganiga guvoh boʻldik. Bunda asosiy eʼtibor yoshlarni milliy qadriyatlardan uzoqlashtirish, ularni yengil-yelpi fikrlashga oʻrgatishga qaratildi. Ming afsuski, bu jarayon Oʻzbekistonni ham chetlab oʻtmadi. Bugunga kelib, ayrim yoshlarimizning boshqa madaniyatlar va qadriyatlarni ulugʻlayotganlari ham haqiqat. Ammo bu kelajak uchun inqiroz qoʻngʻirogʻi chalinayotganini anglatishini tushunib yetishimiz zarur. Albatta, biz boshqa millat va elatlarning madaniyati, urf-odati va qadriyatlarini ham qadrlaymiz. Ularni kamsitish niyatimiz ham yoʻq. Biroq buyuk adib Lev Tolstoy yozganidek: “Oʻz qadriyatini anglamagan odamdan badbaxtroq odam boʻlmaydi”. Shu nuqta-nazardan biz yoshlarimizni milliy qadriyatlarimizni qadrlaydigan, madaniyatimizni ulugʻlab, uning tub mohiyatini anglaydigan insonlar etib tarbiyalash barobarida, insoniyatni toʻla maʼnoda qadrlaydigan ulugʻ Navoiy avlodlari boʻlib ulgʻayishlari tarafdorimiz. Prezidentimiz Farmonining asl mohiyati aynan ana shu maqsadlarga qaratilgan. Ushbu muhim hujjatning har bir bandidagi milliy musiqa sanʼatini ulugʻlash, rivojlantirish, bu jarayonda ixtisoslashgan maktablar yaratishga doir vazifalar esa yuqoridagidek ezgu maqsadlarni roʻyobga chiqarishga xizmat qiladi. Oʻzbekistonimizning iqtisodiy jihatdan qudratli boʻlishi, bu yoʻlda barqaror rivojlanishi beqiyos madaniyat va qadriyatlarimizni qanchalar chuqur anglay oladigan jamiyatning shakllanishiga bogʻliq ekanini unutmasligimiz lozim. Yangi Oʻzbekistonning eng yangi tarixida yuz berayotgan oʻzgarishlar jamiyatni iqtisodiy jihatdan yuksaltirish bilan qanoatlanmay hayotimizning barcha soha va tizimlarini barobar rivojlantirish maqsadini olgʻa suradi. Biz uchun esa ushbu Farmon Oliy Majlis Qonunchilik palatasida koʻrib chiqilayotgan “Madaniyat toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini shiddatkor davr talablariga moslashtirish uchun qoʻshimcha imkoniyat yaratadi. Download 14.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling