Bu islom tamoyillariga asoslangan sugʻurta. Omonatlarni joylashtirishda


Download 18.67 Kb.
Sana06.04.2023
Hajmi18.67 Kb.
#1330268
Bog'liq
Takaful


Takaful — bu islom tamoyillariga asoslangan sugʻurta.
Omonatlarni joylashtirishda “mudoraba” atamasi qoʻllaniladi. Pul egasi oʻz pulini bankka beradi, ikkinchisi esa uni biznesni rivojlantirishga tikadi. Foydani taqsimlash tamoyillari oldindan belgilab qoʻyilgan. Isteʼmolchi pulni investitsiya qilish koʻlamini biladi. Anʼanaviy moliya tizimida bu sxema venchur moliyalashtirish deb ataladi.
AlH «Islom bank ishi va moliyasi» tashkiloti
Islom moliyasi tizimi — bu pul mablag‘laridan foydalanish va taqsimlash jarayonida Islom huquqi qoidalariga mos keluvchi iqtisodiy munosabatlarni o‘z ichiga oladigan Islom ekotizimining bir qismidir. 
«Murobaha» — bu tovar narxiga ustama qo‘yiladigan va qo‘yilmaydigan halol muddatli to‘lov. Bunda Islom banklari mahsulot va xizmatlarni xarid qilish va keyin ularni muddatli to‘lovga sotish bilan shug‘ullanadi.
«Mushoraka» — bitta g‘oya yoki ishni birgalikda moliyalashtirish. Jismoniy shaxslar va korxonalarning ishtirok etishiga ruxsat beriladi. An’anaviy iqtisodiyotda ushbu sxemani hissali moliyalashtirish deb atashadi.
«Muzoraba» — sarmoyador o‘z mablag‘ini kelgusida biznesni rivojlantirishga sarflanishi uchun moliyaviy tashkilotga beradi. Foydani taqsimlash shartlari oldindan kelishib olinadi.
 IMAN Invest - O‘zbekistonda islomiy moliyalashtirish xizmatlarini ko‘rsatuvchi kompaniya hisoblanadi.
Istisna – yo‘q narsaga pul tikish. ( loyihani moliyalashtirish). Qurilayotgan (paydo bo‘layotgan) hali yaratilmagan aktivlarni moliyalashtirish.
Ijara – aktiv sotib olib ikkinchi tomonga ijaraga beriladi. Bunda ijaraga beruvchi ijaraga berib foyda oladi, ijaraga oluvchi undan foydalanishdan manfaatdor bo‘ladi.
Salaam – qishloq xo‘jaligini moliyalashtirish, ya’ni hosilni fermerdan oldindan sotib olish;
Sukuk – qimmatbaho qog’ozlar, ya’ni investitsiyalar.
Zakot – Har yili (bir yilda bir marta, asosan Ramazon oyida) boylarning 2,5 foizgacha bo‘lgan boyligi to‘g’ridan to‘g’ri kambag’allarga beriladi.
Sadaqa –Boylar kambag’allarga sadaqa qilishadi (har oy, har hafta va h.k.). Sodda qilib aytganda, bu instrument qayta taqsimlash vazifasini bajaradi.
Qarz ul Hasan – bu kafolatlangan foizsiz qarz. Ma’lum muddatga hech qanday foizlarsiz jismoniy yoki yuridik shaxslarga beriladi.
Vaqf – makroiqtisodiy ijtimoiy muammolarni hal qiladi. Bu pullarga tarixdan yo‘llar, o‘quv markazlar, karvonsaroylar qurilgan.
Takoful – bu jamoaviy bir – biriga o‘zaro yordam. Oddiy moliyadagi sug’urta kompaniyalariga o‘xshaydi.
Fiqh al – Muamalat – bu jamiyatda qanday mumuomalar bo‘lsa o‘sha muomalalarni hal qiladigan qonun-qoidalar yig’indisidir.
Download 18.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling