Mablag‘ingiz o‘sha zahoti eng minimal ustama-komissionlar bilan sotuvchiga
yetib boradi va muhimi — bitimni amalga
oshirish uchun sizga bank
xodimlari yoki brokerlar kabi vositachilar talab qilinmaydi. Bu esa pul
o‘tkazmasini yengillashtirib, uning anonimligini ta’minlab beradi
(chunki
electron kriptovalyutaning hamyonlari uning egasi ismi bilan bog‘liq
bo‘lmaydi).
Ikkinchidan,
ko‘pchilik
insonlar
ushbu
usulni
o‘z
jamg‘armasining diversifikatsiyasi deb tushunadi.
Elektron valyutalarning
qiymati ham ko‘pchilik holatlarda oshib boradi — har bir kishi valyuta kursi
ko’tarilishi hisobidan mo’maygina daromad qilishga umid qiladi, albatta
Kriptovalyutalardagi to’lovlar
37
АЮПОВ РАВШАН ХАМДАМОВИЧ
Xozirgi kunlarga
“Kivi” va “Yandeks” hamyonlaridan o‘tkazmalarni
amalga oshirishda aksariyat kriptovalyuta birjalarining komission to‘lovlari
besh foizgacha yetadi. Electron valyuta sotib olishning eng oddiy va arzon
usuli — joriy davrdagi eng foydali kurs bo‘yicha harid uchun yirik
kriptovalyuta birjasiga bank o‘tkazmasini amalga oshirishdir. Ammo amalda
bu jarayon bir qancha ob’ektiv va sub’ektiv sabablarga ko’ra,
ancha
murakkab hisoblanadi. Ko’pchilik banklar bu kabi bitimlarga juda ham
salbiy va ehtiyotkorona munosabatda bo‘ladlar. Juda konservativ xolatda
bo’lgan banklar esa yuqori texnologiyalar olamiga
qiziqishingizni bilib
qolishsa, sizning tabiatingizni aniqlash uchun va extiotkorlik asnosida hatto
hisob raqamingizni vaqtincha yopib qo‘yishlari ham mumkin.
Kriptovalyuta hamyonlari
38
АЮПОВ РАВШАН ХАМДАМОВИЧ
JPMorgan Chase amerika moliyaviy xoldingi bosh direktori
Delivering Alpha ning
fikricha, kelajakda kriptovalyutalar bozori bir ko’pik sifatida juda katta miqdorga
yetganidan so’g
yorilib ketadi, chunki unga bo’lgan talab ko’pchilik xollarda sun’iy
talabdir – u an’anaviy pullar bozori bilan to’liq integratsiyalashmagan. Moliyaviy
analitik Djeyms Daymonning aytishicha, “
Valyuta bu davlat tomonidan birinchi
navbatda yaratiladigan narsadir. Davlat esa valyuta aylanishini markaziy bank
yordamida nazorat qiladi. Undan tashqari, davlat kim valyutaga egalik qilayapti, u
qaerda turibdi va nimalarga sarf qilinishini bilishni istaydi”. Xuddi shuning uchun ham
davlat kriptvalyutalar bozorining rivojlanishidan manfaatdor emas.
Masalan, 2015 yilda Rossiya moliya vazirligi “
pul surrogati” chiqarganlar va uni
sotishga uringanlarni yetti yilgacha qamoq jazosi bilan jazolashni taklif qildi. Pul
surrogati termini kriptovalyutalarga ham tegishlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: