Bu jang barcha janglardan ham dahshatlirog'i edi


Download 319.03 Kb.
bet1/8
Sana16.06.2023
Hajmi319.03 Kb.
#1510130
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
TARIX GEOGRAFIYA. 31.07.22


Tarix
1. "Bu jang ... barcha janglardan ham dahshatlirog'i edi" - deb tarixchi kimlar o'rtasidagi jangni aytgan?
A) Doro I va Skunxa B) Aleksandr va Spitamen
C) Kir II va To'maris D) Jaloliddin va Temuchin


2. Quyidagi fikrlarning qaysi biri tarixiy haqiqatga muvofiq emas?
A) Qadimgi Rimdagi o’rta maktablarda tarix, geografiya, geometriya, musiqa va astronomiya o’qitilardi.
B) Salavkiylar davrida Baqtra, Maroqanda, Marg’iyona Antioxiyasi, Termiz kabi yirik shahar va madaniyat markazlariga aylandi.
C) Buddaviylik dini hindlarning oldingi dinlaridan inson mavqeyi
tabaqalarga ham, jamiyatdagi maqomiga ham bog’liq bo’lmasligi bilan farqlanadi.
D) Periklning davlat boshqaruvidagi islohotlari Xalq majlisi faoliyati tiklanishi va nasl-nasabidan qat’i nazar afinaliklar uchun davlat mansablarini egallash imkoniyatini ko’zda tutardi.


3. Qadimgi Yunonistonda qanday hislatlarga ega xudo mavjud emas ?
A) san’at, she’riyat va tonggi shafaq
B) dehqonchilik va hunarmandchilik
C) muhabbat va go’zallik hamda uyqu
D) yashin, chaqmoq va taqdir


4. Quyidagilardan qaysi biri muvofiq kelmaydi?
A) Misrda vaqt 24 ta bo’lmaga ajratilgan maxsus idishlardan iborat bo’lgan suv soatlari yordamida o’lchangan;
B) Misrliklar nafaqat oddiy arifmetik hisoblashni, qolaversa kasrlar, maxrajlar va murakkab hisob-kitoblarni ham bilishgan, shu tariqa matematika fani dunyoga keldi;
C) Anhorlar qazilayotganda, istalgan imorat va inshootni barpo etilayotganda maydon hajmini o’lchash zarur edi, shu tariqa geometriya fani dunyoga keldi;
D) Misrda ziroatchilar qachon urug;likni yerga qadash, qay mahalda hosilni yig’ishtirib olishni bilishi zarur edi, bu muddatni misrliklar yulduzlarga qarab aniqlaganlar;, shu tariqa astronomiya ilmi dunyoga keldi;


5. O’rta asrlar kishilik hayoti, ularning urf-odati, an’anasi, ijtimoiy munosabatlarini o’zida aks ettirgan manbalar – …?
A) “Anglosakson solnomasi”, “Buyuk ozodlik xartiyasi”
B) “Dahshatli sud kitobi”, “Sali haqiqati”
C) “Sali haqiqati”, “Rus haqiqati”.
D) “100 moddali qonun”, “Qonunlarning buyuk to’plami”


6. Xitoyda shoyi so’zana ishlab chiqarila boshlanganidan qancha asr o’tib, paxtadan mato tayyorlana boshlangan?
A) 4 asr B) 2 asr C) 3 asr D) 1 asr


7. O’rta asrlarda arablarga qarshi bo’lib o’tgan xalq qo’zg’olonlarining yillari bilan to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang.
1) Kufa shahrida qo’zg’olon
2) Abu Muslim qo’zg’oloni;
3) Muqanna
4) Bobek
a) 747-749 yy. b) 685-687 yy. c) 815 y. d) 769-783 yy.
A) 1-b,2-a,3-d,4-c C) 1-a,2-b,3-d,4-c
B) 1-a,2-b,3-c,4-d D) 1-b,2-a,3-c,4-d


8. “Kepaki” deb nom olgan tangalar qayerlarda zarb etilgan?
A) Urganch va Buxoro B) Samarqand va Qarshi
C) Samarqand va Buxoro D) Buxoro va Nasaf


9. Mironshoh nima sababdan “katolik oqimining homiysi” sifatida shuhrat qozongan?
A) Yevropa mamlakatlari bilan o’zoro savdo aloqalarini rivojlantirish harakat qilganligi sababli kelgusida Turkiyaga qarshi kurashda ittifoqdosh bo’lishga harakat qilganligi sababli
B) kelgusida Turkiyaga qarshi kurashda ittifoqdosh bo’lishga harakat qilganligi sababli
C) katolik dinini qabul qilganligi sababli
D) Kichik Osiyo mamlakatlari orqali o’tadigan savdo yo’llarini daxlsizligini ta’minilagani sababli


10. Quyidagilardan qaysi biri joylashuv hududi muvofiq emas?

1

Xoqoniya o’lkasi

Sharqiy Turkiston, Yettisuv va Tyanshanning janubiy yonbag’ri

2

Somoniylar davlati

Movarounnahr, Xuroson, Shimoliy va Sharqiy Eron

3

Sharqiy Turk xoqonligi

Yettisuv, Sharqiy Turkiston, Sirdaryo va Amudaryo

4

Xioniylar davlati

Shimoliy Hindiston, Afg’oniston, Xurosoning bir qismi

A) 1 B) 3 C) 2 D)4


11. Qaysi voqeadan so’ng Jaloliddin Manguberdi Ozorbayjon tamon yo’l oladi?
A) Ozarbayjon hukmdori gurjilar hujumini qaytara olmasligi va xalq Sulton Jaloliddin xaloskor sifatida qo’llab quvatlashi tufayli
B) Sind daryosi bo’yida bo’lgan jangda mag’lubiyatidan so’ng
C) Xalifa Nosir qo’shinini Basra yaqinida yenggandan so’ng
D) Isfahon yaqinida bo’lgan jangdan mo’g’ullarni yenggandan so’ng


12. Quyidagi ma’lumotlarni tahlil qilib, Eyler-Venn diagrammasiga mos keladigan javobni aniqlang.

Vola Surdas



a) 20 yil mobaynida Buxoro saroy kutubxonasida xattotlik va rassomlik bilan shug’ullanadi; b) o’z she’rlaridan 2 devon tuzgan va 3 ming misra she’rlari yetib kelgan; c) Krishnaning hayoti haqida yorqin poemalar muallifi; d) “Ramaning jasoratlari” nomli katta poema muallifi; e) ijodkorlar o’z asarlarida xalq boshiga tushgan kulfat va mashshaqatlarni tasvirlaydi; f) ijodkorlarning ko’zlari tug’ma ojiz, ko’r bo’lgan;


A) 1-b, II-d, III-f B) I-a, II-c, III-e
C) I-b, II-c, III-f D) I-a, II-d. III-e


13. Vestfal sulhi va Kuchukqaynarji shartnomalari imzolangan davrlarni aniqlang.
A) 1638-yil / 1756-yil B) 1648-yil / 1721-yil
C) 1648-yil / 1774-yil D) 1637-yil / 1768-yil


14. Akbarshohning (1) hukmronligi boshlangan va (2) barham topgan yillari tarixda kimlar vafot etgan edi?
A) 1-Navro’z Ahmadxon / 2-Boqi Muhammad
B) 1-Ko’chkunchixon / 2-Vali Muhammad
C) 1-Iskandarxon / 2-Boqi muhammad
D) 1-Abdullaxon II / 2-Imomqulixon


15. 1-Ali Kapa / 2-To’pqopi / 3-Toshhovli saroylari qayerlarda joylashganligini aniqlang.
A) 1-Isfahon / 2-Istanbul / 3-Buxoro
B) 1-Sheroz / 2-Tabriz / 3-Buxoro
C) 1-Isfahon / 2-Istanbul / 3-Xiva
D) 1-Sheroz / 2-Tabriz / 3-Xiva


16. To‘g‘ri muvofiqlashtiring?
1. Borodino jangi 2. Leypsig jangi
3. Austerlis jangi 4. Vaterloo jangi
a) 1813-yil b) 1815-yil
c) 1812-yil d) 1805-yil
A) 1-c, 2-b, 3-a, 4-c B) 1-a, 2-c, 3-b, 4-d
C) 1-c, 2-a, 3-d, 4-b D) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d


17. Amir Temurning uchinchi o‘g‘li Mironshohning nabirasi (a), Amir Temurning ikkinchi o’g’li Umarshayxning nabirasini (b) aniqlang.
A) a-Pirmuhammad, b-Sulton Husayn Boyqaro
B) a-Sulton Abu Said Mirzo, b-Xalil Sulton
C) a-Sulton Abu Said Mirzo, b-Sulton Mahmudxon
D) a-Sulton Abu Said Mirzo, b-Sulton Husayn Boyqaro


18. G’ijduvon jangida shayboniylar qo‘shinining chap qanot qismiga kim boshchilik qilgan?
A) Ubaydullo Sulton B) Muhammad Temur
C) Shayboniyxon D) Abu Said Sulton
19. Qo’qon xonligi hududini to’g’ri belgilang.
1. Sharqda 2. Shimolda
3. G‘arbda 4. Janubda
a) Qorategin, Darvoz, Ko‘lob va Shug‘nan bekliklari
b) Sharqiy Turkiston
c) Xiva xonligi va Buxoro amirligi
d) Rossiya (ularni Bedpakdala cho‘li ajratib turgan)
A) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d. B) 1-d, 2-a, 3-c, 4-b.
C) 1-b, 2-d, 3-c, 4-a. D) 1-c, 2-d, 3-b, 4-a.


20. Hinistonda qaysi hukmdor markazlashgan davlat va kuchli hokimiyatni barpo etish maqsadida imperiyani viloyatlarga ajratib, ularga o‘z noiblarini tayinladi?
A) Humoyun B) Bobur
C) Akbarshoh D) Avrangzeb

21. 1882-yilning boshlarida Turkiston general-gubernatorligidagi qaysi hudud aholisi talonchilik, soliqlar va jabr-zulm avjiga chiqqanligi sababli chor hukumatiga qarshi bosh ko‘targanlar?

Download 319.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling