Bu sahifa navigatsiya: Axborot tizimlarining ta’minoti


Download 174.75 Kb.
bet13/21
Sana18.06.2023
Hajmi174.75 Kb.
#1560201
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21
Bog'liq
Mustaqil ish 2

Dasturiy ta`minot - hisoblash texnikasi vositasida ma`lumotlarni qayta ishlash tizimini yaratish va foydalanish dasturiy vositalari yig`indisidir. Dasturiy ta`minot tarkibiga bazaviy va Amaliy dasturiy mahsulotlar kiradi.


Amaliy dasturiy ta`minot - axborot tizimi funktsional vazifalarni hal etishni avtomatlashtirish uchun mo`ljallangan dasturiy mahsulotlar yig`indisio`zida namoyon etadi. Ular ham universal vositalar (matn muharrirlari, elektron jadvallar, ma`lumotlar bazasi boshqaruv tizimlari) va ham maxsus vositalar – funktsional kichik tizimlarni amalga oshiruvchi turli xil ob`ektlar sifatida ishlab chiqilishi mumkin.

Texnik ta`minot - ma`lumotlarini qayta ishlash tizimini funktsiyalashtirish uchun qo`llanuvchi texnik vositalar kompleksidir. u ma`lumotlarni qayta ishlovchi namunaviy operatsiyalarni amalga oshiruvchi qurilmalarni o`z ichiga oladi.

Huquqiy ta`minot - axborot tizimini yaratish va funktsiyalashtirishni tartibga soluvchi huquqiy me`yorlar yig`indisini o`zida namoyon etadi. Axborot tizimini qayta ishlashning huquqiy ta`minoti AT buyurtmasiga va tayyorlovchi o`rtasidagi shartnomaviy o`zaro munosabatlar me`yoriy aktlari, chetga chiqishlarining huquqiy tartibga solinishini o`z ichiga oladi.

Lingvistik ta`minot inson va EHM muloqotini ishlab chiqarish va ta`minlash samaradorligini oshirish uchun ma`lumotlarni qayta ishlash tizimini yaratish va ulardan foydalanishning turli bosqichlarida ishlatiladigan til vositalari yig`indisini o`zida namoyon etadi.
Axborot tizimlari ma`lumotlari bilan ishlash mutaxassislarga keng yordam beradi, muhandislar va loyihachilarning ish samaradorligini oshiradi. Bunday axborot tizimlarining vazifasi – tashkilotlarga yangi ma`lumotlarni integratsiyalash va qog`oz xujjatlarni qayta ishlashga yordam berishdan iborat. Sanoat jamiyati axborot jamiyatiga aylanib borar ekan, iqtisodiyot mahsuldorligi borgan sayin bu tizimlar rivojlanishi darajasiga bog`liq bo`la boradi. Bunday tizimlar ayniqsa ishchi stantsiyalar va ofis tizimlari ko`rinishda bugungi kunda biznesda juda tez rivojlanmoqda.


Download 174.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling