Bu sahifa navigatsiya: Axborot tizimlarining ta’minoti


-Mavzu Axborot komplekslarining texnik va dasturiy ta’minoti. (4-soat)


Download 174.75 Kb.
bet8/21
Sana18.06.2023
Hajmi174.75 Kb.
#1560201
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21
Bog'liq
Mustaqil ish 2

3-Mavzu Axborot komplekslarining texnik va dasturiy ta’minoti. (4-soat)
Reja:
1. Axborot komplekslarining texnik ta’minoti.
2. Kompyuterning asosiy qurilmalari.
3.Axborot komplekslarining dasturiy ta’minoti.
4. Operatsion tizimlar turlari.

Tayyorladi: «Elektron tijorat va raqamli iqtisodiyot» kafedrasi katta o’qituvchsi U.M. Asrayev


3.Axborot komplekslarining dasturiy ta’minoti. Shxsiy kompyuter ikkita tashkiliy qismdan iborat. 1. Texnik ta’minot. 2. Dasturiy ta’minotlardir. Texnik ta’minot – bu komp’yuterning asosiy texnik qismlari va qo’shimcha (atrof) qurilmalaridir. Dasturiy ta’minot komp’yuterning ikkinchi muhim qismi bo’lib, u ma’lumotlarga ishlov beruvchi dasturlar majmuasini va komp’yuterni ishlatish uchun zarur bo’lgan dasturlarni o’z ichiga oladi. Komp’yuterning texnik qismlari va dasturlar o’rtasidagi bog’lanish interfeys dab atalishni bilib olishmiz lozim. Komp’yuterni turli texnik qismlari o’rtasidagi bog’lanish – bu apparat interfeysi ya’ni texnik interfeys, dasturlar orasidagi o’zoro bog’lanish esa dasturiy interfeys deyiladi. Inson komp’yuterning dasturlari bilan va dasturlarni inson bilan o’zaro muloqati - foydalanuvchi interfeysi deyiladi.
Barcha dasturiy ta’minotlarni uchta kategoriya bo’yicha tasniflash mumkin. 1.Tizimli dasturiy ta’minot. 2.Amaliy dasturiy ta’minot. 3.Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari.
1. Tizimli dasturiy ta’minot – komp’yuter va komp’yuter tarmoqlarini ishini ta’minlovchi dasturlar majmuasidir. 2. Amaliy dasturiy ta’minot – bu, aniq bir predmet sohasi bo’yicha ma’lum masalalarni echishga mo’ljallangan dasturlar majmuasidir. 3. Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari - yangi dasturlarni ishlab chiqish jarayonida qo’llaniladigan maxsus dasturlar majmuasidan iborat vositalardir.
Tizimli dasturiy ta’minot quyidagilarni bajarishga qaratilgandir: - komp’yuter va komp’yuter tarmog’ini ishonchli va samarali ishlashini ta’minlash: - komp’yuter va komp’yuter tarmog’ini texnik qismini ishini tashkil qilish va profilaktika ishlarini bajarish: Tizimli dasturiy ta’minot ikkita qismdan iborat: 1. Asosiy (bazaviy) dasturiy ta’minot. 2. Yordamchi (xizmatchi) dasturiy ta’minot. Asosiy (bazaviy) dasturiy ta’minot – bu, komp’yuter ishini taminlovchi dasturlarning minimal to’plamidan iborat. Ularga quyidagilar kiradi: 1. Operatsion tizim. 2. Tarmoq operatsion tizimi.
Yordamchi dasturiy tam’inot - asosiy dasturiy ta’minot imkoniyatlarini kengaytiruvchi va foydalanuvchning ish muhitini (interfeysini) qulayroq tashkil etuvchi dasturlar kiradi. Bular tashxis qiluvchi, komp’yuterning ishchanligini oshiruvchi, antivirus, tarmoq ishini ta’minlovchi, arxivlashtirish va boshqa dasturlardir.

TDT
Asosiy DT
Yordamchi DT
Operatsion
tizim
Tarmoq OT


Tashxiz dasturlari
Arxivlash dasturlari
Antiviruslar
Tarmoq dasturlar

Operatsion tizim (OT)-komp’yuterni yoqilishi bilan ishga tushuvchi ushbu dastur komp’yuterni va uning qurilmalarini boshqaradi, foydalanuvchi bilan muloqatni ta’minlaydi ya’ni tashkil qiladi, bajarish uchun boshqa (amaliy dasturlarni) ishga tushiradi. Drayverlar OT imkoniyatlarini kengaytiradi jumladan, komp’yuterning kiritish-chqarish qurilmalari (klaviatura, sichqoncha, printer va boshqalar)ni boshqarishda yordam beradi. Hozirgi kunda ko’plab OT mavjud: - MS DOS, OS/2, UNIX, Windows 95,98,2000, Windows XP, Windows NT va boshqalar. Windows 95,98, Windows NT lar grafik interfeysli operatsion tizim hisoblanadi chunki ular foydalanuvch bilan grafik tasvirlar yordamida muloqat qilish imkonini beradi.

Download 174.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling