Тayanch so’z va iboralar: axborot tizimi, teskari aloqa, dasturiy, texnik, xuquqiy, axborot, tashkiliy, matematik va lingvistik ta'minotlar, kodlashtirish, joylashtirish, kompyuter texnikasi, dasturiy maxsulotlar, bazaviy dasturiy vositalar, avtomatlashtirish, ma'lumotlarni qayta ishlash, namunaviy protseduralar, funktsional vazifalar, dasturiy maxsulotlar, universal vositalar, matn muxarrirlari, elektron jadvallar, ma'lumotlar bazasini boshqaruv tizimlari.
Savol va topshiriqlar:
Axborot tizimlarida qanday jarayonlar ro’y beradi?
Ax borot ta'minoti nimalarni uz ichiga oladi?
Dasturiy ta'minot tarkibiga qanday dasturiy maxsulotlar kiradi?
Amaliy dasturiy vositalarning vazifalarini aytib bering.
Texnik ta'minot deganda nimani tushunasiz?
Bu səhifədəki naviqasiya:
Axborot tizimlarining ta`minotlari
Qo`llash sohasidan qat`iy nazar, axborot tizimlari ma`lumotlarini qayta ishlashning deyarli barcha tizimlari ta`minlash turlari deb ataladigan tarkibiy qismlar to`plamini o`z ichiga oladi. Ularni dasturiy texnik, huquqiy, axborot tashkiliy matematik va lingvistik ta`minotlarga ajralishi qabul qilingan. (4. rasm)
4– rasm. Axborot tizimining strukturasi
Axborot ta`minoti - axborot tizimlari ichki mashina axborot bazasini yaratishni tasniflash va kodlashtirish tizimlari xujjatlashtirishning unifikatsiyalashgan tizimlari, xujjat aylanmasi va xujjatlar shakli uslublarini ratsional holga keltirishni o`z ichiga olgan axborotni joylashtirish va tashkil qilish bo`yicha uslublar va vositalar yig`indisidir.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |